Линклар

Шошилинч хабар
10 декабр 2018, Тошкент вақти: 12:22

Erondagi norozilik aksiyalari davomida halok bo‘lganlar 20 nafardan ortdi


ERON - Tehrondagi norozilik namoyishi. 2017, 30 dekabr.

Eronda davom etayotgan norozilik aksiyalari davomida, davlat TV si xabar qilishicha, 2 yanvarga o‘tar tunda 9 kishi, shu jumladan 1 politsiya xodimi halok bo‘ldi. Halok bo‘lgan 9 namoyishchidan 6 nafari politsiya bo‘limidan qurol o‘g‘irlashga uringan paytda otib o‘ldirilgan. Bu qonli voqea Eronning markaziy Isfahon viloyatidadagi Kahderijon tumanida sodir bo‘ldi.

1 yanvar kuni Eron davlat TVsiga tayanib, norozilik namoyishlari ishtirokchilari orasidan o‘lganlar soni 10 dan ortgani to‘g‘risida xabar qilingan edi. Keyinroq o‘lganlar soni 12 nafar ekanligi aytildi.

Shunday qilib, 5 kundan buyon norozilik aksiyalari davomida halok bo‘lganlar sonidan 20 nafardan ortdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan xabarlarga qaraganda, odamlarning o‘limiga politsiya xodimlari sabab bo‘lgan.

Rasmiylar esa, politsiya namoyishchilarga qarata o‘t ochmaganini ta’kidlar ekan, odamlar o‘limida shia ekstremistlar va chet el agentlarini ayblamoqda.

31 dekabr kuni prezident Hasan Ruhoniy Eronda 4 kundan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlariga ilk bor munosabat bildirdi. Mamlakat Vazirlar Mahkamasining 31 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Eron prezidenti zo‘ravonliklarni hamda jamoat mulkiga ziyon yetkazish holatlarini qoraladi, biroq, ayni paytda u hukumatni “qonuniy tanqidlar va noroziliklar” uchun imkon yaratishga chaqirgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

Prezident Hasan Ruhoniy Eronni erkin davlat, deb atab, unda har bir kishining o‘z fikriga ega bo‘lish haqli ekanligini belgilab o‘tdi.

Ruhoniyning bayonoti arafasida, 31 dekabr kuni Eron rasmiylari mamlakatda Instagram ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjerini to‘sib qo‘ydi. Ma’murlar bu chorani “tinchlikni saqlash va fuqarolar barqarorligini ta’minlash” zarurati bilan izohladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 30 dekabr kuni poytaxt Tehrondagi norozilik chiqishlari davomida 200 kishi qo‘lga olingan va ulardan 40 kishini ma’murlar “noqonuniy yig‘ilishlar boshliqlari”, deb atagan.

Erondagi ommaviy noroziliklar munosabati bilan 31 dekabr kuni Germaniya tashqi ishlar vazirligi Eron rahbariyatini namoyishchilar huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi.

Eronning bir qator shaharlarida ommaviy norozilik namoyishlari 28 dekabr, payshanba kuni boshlandi.

30 dekabr, shanba kuni Eron g‘arbiydagi Dorud shahridagi aksihukumat namoyishlarida kamida ikki kishi o‘ldirildi. Rasmiylar bu jinoyatda “Islom davlati” ekstremistik guruhini aybladi.

Dastlab narxlarning balandlashiga qarshi payshanba kuni Mashhadda boshlangan namoyishlar keyinchalik Eronning boshqa shaharlari, jumladan poytaxt Tehronga yoyildi.

Eron hukumati namoyishlar "qattiqqo‘llik" bilan bostirilishi haqida ogohlantirdi.

"Islomiy Inqilob Posponlari Korpusi"ning Tehron bo‘yicha boshliq muovini general Ismoil Kovsariy ISNA Axborot agentligiga 30 sentabrda poytaxtda vaziyat nazorat ostida va namoyishlar davom etaversa, "qattiqqo‘llik" bilan bostirilajagi to‘g‘risida bayonot bergan edi.

"Agar odamlar narxlarning oshib ketganiga qarshi ko‘chalarga chiqqan bo‘lsa, ular hukumatga qarshi shiorlarni aytmasligi, jamoatchilik mulki va mashinalarni yoqib yubormasligi kerak edi," dedi Kovsariy.

Aksil-hukumat namoyishlari dastlab Mashhad shahrida go‘sht va tuxum kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshishiortidan boshlanib ketdi.

Ular qisqa fursat ichida boshqa shaharlarga ham yoyildi.

XS
SM
MD
LG