Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2018, Тошкент вақти: 23:48

O‘zbekistonda yangi mashinani 1 yilgacha sotmaslikka majburlovchi boj bekor qilindi


Boj bekor bo‘lgani mashinalar narhiga ta’sir qilmadi

1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilingan hamda rasmiy dilerlardan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun bojni har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida undirish bo‘yicha talab bekor qilindi.

O‘zbekiston prezidentning 29 dekabrdagi 2018 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori asosida joriy bo‘lgan bu holat Ozodlik gaplashgan avtomobil savdosi mutaxassisiga ko‘ra¸ aslida, “sotmaslik” boji bo‘lgan.

- Hukumat yoshi bir yilga to‘lmagan mashinani sotma deb buyruq chiqarmasdan¸ o‘n ming dollar turadigan mashina ustiga o‘n ming dollar boj yuklab qo‘ygan. Hech kim o‘n ming turadigan mashinanai yigirma mingga olmaydiku?! O‘sha “sotmaslik” boji bekor bo‘ldi¸ dedi suhbatdosh.

GM O’zbekistonga qarashli Ozodlik suhbatlashgan dilerlik shohobchasi xodimiga ko‘ra¸ bu qaror “O‘zbekiston avtomobil bozorida avtomobillar ko‘paygani bilan bog‘liq”

- Rossiya avtomobil bozorida GM O’zbekiston korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar sotuvi kamaygani ortidan ichki bozordagi defitsit yo‘q bo‘ldi. Oldingidek navbatga yozilib oylab mashina kutish yo‘q. Shundoq kelib avtosalondan bir kun ichida mashina sotib olish imkoni paydo bo‘ldi. Bu esa mashina olib-sotish bilan bog‘liq spekulyatsiya yo‘qolishiga sabab bo‘ldi. Bir yoshga to‘lmagan mashinalar oldi-sottisiga qo‘yilgan cheklov mazmunidagi oshirilgan davlat boji mashina spekulyatsiyasini jilovlashga qaratilgan edi. Bozorda mashina ko‘payishi bilan bu cheklovga hojat qolmadi¸ dedi GM O’zbekistonga qarashli dilerlik shohobchasi hodimi Ozodlik bilan 2 yanvar kungi suhbatda.

Ўзбекистонда янги машинани 1 йилгача сотмасликка мажбурловчи бож бекор қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00

Import qilingan mashinalarga ham bu qarorning daxli bor

Toshkentdagi mashina importi bilan shug‘ullanadigan Abboskhon-avto shirkatida o‘zini Sardor deb tanishtirgan xodimning aytishicha¸ bu qaror O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan avtomobillarga ham daxldor.

- Biz rasmiy dilermiz¸ ishlab chiqaruvchi va haridor o‘rtasidagi vositachimiz. Biz mashinaning zavod narxi ustiga bojxona narxini va diler ulushini qo‘yib sotamiz. Oldin bizdan olgan odam bir yil ichida mashinani boshqa birovga sota olmas edi. Endi sota oladi¸ dedi suhbatdosh.

Ozodlik gaplashgan avtomobil savdosi mutaxassisiga ko‘ra¸ endilikda salondan sotib olinadigan mashinaning darhol boshqa odamga sotilishini faraz qilish mumkin xolos:

- Salondan mashina olib sotish o‘z mazmunini yo‘qotdi. Birinchidan, so‘m konvertatsiyasi oldingidek to‘rt turli emas. 10 ming dollarlik mashina haqiqiy 10 ming dollar turadi. Uni salondan olib faqat zarariga sotish mumkin. Bu qonun yana salonlarga foyda keltiradi va yangi mashinani bozorda sotishni deyarli yo‘qqa chiqaradi¸ deydi mutaxassis.

Tashqaridan mashina olib kelish uchun boj to‘lovi o‘zgarishsiz qolgan

Ya’ni O‘zbekistonga tashqaridan olib kiriladigan avtomashinalar uchun 100 foizlik "rastamojka" bekor qilingani yo‘q. Biroq, ayni paytda ular uchun ham amal qilib kelgan 1 yillik "sotmaslik" boji bekor qilindi.

O‘zbekistonda avtotransport bozorida amal qiladigan tartib-qoidalar o‘ziga xosdir. Xorijdan mamlakatga olib kiriladigan avtomobillarni bojxonadan o‘tkazish uchun to‘lanadigan davlat bojlari mashina narxining 100 foizidan ortiqrog‘ini tashkil qilishi o‘zbekistonlik avtomobilistlarning e’tiroziga sabab bo‘lib keladi.

"O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish uchun joriy qilingani aytiladigan bu tartib o‘zbekistonlik haridorning ehtiyojlarini umuman inobatga olmaydi", dedi Ozodlik 2 yanvar kuni gaplashgan avtomobil savdosi mutaxassisi.

Unga ko‘ra¸ “O‘zbekistonning o‘zida ishlab chiqarilgan mashina ataylabdan raqobatdan holi qilib qo‘yilgan Dunyoning boshqa mamlakatlari uchun misli ko‘rilmagan bu holat o‘zbekistonliklar uchun odatiy hol”.

Suhbatdoshga ko‘ra “Import mashinalarini rastamojka qilish” arzonlasa mamlakat avtomobil bozorida raqobat muhiti vujudga kelgan bo‘lardi”.

XS
SM
MD
LG