Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:08

Tojikistonda o‘nlab jome’ masjidlari imomlari vazifalaridan bo‘shatildi


Tojikistonda o‘nlab jome’ masjidlarining imomlari mamlakat Din qo‘mitasi va Islomiy ulamolar kengashi o‘tkazgan imtihonlaridan o‘ta olmagani uchun vazifalaridan bo‘shatildi.

Tojikiston Din qo‘mitasi xodimining Ozodlik radiosiga xabar berishicha, 2017 yilda 265 juma masjid imomlarining diniy va dunyoviy bilimlari sathini aniqlash maqsadida imtihon o‘tkazilgan.

Din qo‘mitasi xodimi imtihonlar natijasini sharhlay olmasligini bildirdi.

Yaqin kelajakda kichik masjidlarda imomlik qiluvchi yana 3 ming imomning o‘xshash sinovlardan o‘tishi kutilmoqda.

25 yil masjid imomi bo'lgan va imtihondan o‘tmagan Panjakent tumani jome’ masjidi imomi Olimnazar Fayzievning Ozodlikka aytishicha, komissiya a’zolarining barcha savollariga javob berishiga qaramay, oliy ma’lumotga ega emasligi va masjidda zamonaviy tahoratxona bo‘lmagani bois uni imomlik vazifasidan bo‘shatishgan.

"Tumandagi Din qӯmitasi bo'limi raisi menga "siz imtihondan o‘tmadingiz va shu sabab masjid imomi bo‘lishga haqqingiz yo'q,"- dedi. Shu bilan u meni masjidga kelib, namozga yetakchilik qilishimni taqiqladi. Masjidda zamonaviy tahoratxona yo‘qligi borasidagi da’volar noto‘g‘ridir. Bu da’vo meni masjid imomligidan chetlashtirish uchun topilgan bir bahona edi xalos," - dedi Olimnazar Fayziev.

Ammo Panjakent tumani Din qo'mitasi bo‘limi raisi Saidbek Shodiev Ozodlik radiosi bilan so‘hbatda Olimnazar Fayziev iddaosini rad etdi.

"Bu shaxs komissiya bergan birorta savolga aniq javob bera olmadi. Bilim darajasi past darajada. Masjidda obodonchilik ishlari olib borilmagan. Tahorat qilish uchun issiq suv yo'q. Shu sababli Fayziev imomlik vazifasidan bo‘shatildi,"- dedi Saidbek Shodiev.

Masjid imomlarini uchun sinovlar 2009 yilda, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" qonuni qabul qilinganidan buyon har yili o‘tkaziladi.

Bu imtihonlarda ruhoniylarni nafaqat diniy bilimlari, balki siyosiy qarashlari ham hisobga olinadi.

Tahlilchilar fikricha, konstitutsiya asosida Tojikistonda din davlatdan ajralgan va hukumatning din ishlariga aralashishi qonunchilikka xilofdir.

Ammo hozir davlat organlari masjid imomlarini tayinlash va ularni faoliyatini jiddiy nazorat qilish bilan bir qatorda, juma namozi mav’izasini mavzu va mazmunini ham imomlarga "tushuntirib" beradilar.

Davlat organlarining bunday tavsiyalarni bajarishdan bosh tortgan Hoji Mirzo, Eshon Nuriddin To'rajonzoda va Mullo Abdurahim kabi mustaqil va taniqli din peshvolari oxirgi yillarda Din qo‘mitasi va Islomiy ulamolar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan turli sinovlar natijasida jome’ masjidi imomligidan chetlashtirilgan edi.

XS
SM
MD
LG