Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:48

Toshkentda 12 yashar qiz 9 qavatdan tushib ketib, halok bo‘ldi


Dilnoza deraza artayotgan paytda 9 qavatdan tushib ketgan
Dilnoza deraza artayotgan paytda 9 qavatdan tushib ketgan

31 dekabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani Lisunova dahasida yashovchi 12 yashar Dilnoza Axmedova ko‘p qavatli uyining 9-qavatidan tushib ketib, vafot etdi.

Bu haqda Ozodlikka Dilnoza Ahmedova ta’lim olgan Yashnabod tumanidagi 61-o‘rta maktab o‘qituvchilaridan biri 4 yanvar kuni ma’lum qildi.

"Dilnoza 6D-sinfida o‘qirdi. Deraza artayotgan paytda 9 qavatli uyining eng yuqori qavatidan tushib ketib, voqea joyida vafot etgan. Unga onasi oynalarni tozalashni buyurgan" dedi o‘qituvchi.

Toshkent shahar Yashnobod tumani IIBning navbatchilik qismi bu hodisa haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

IIB navbatchisining ma’lum qilishicha, dastlabki tekshiruvlar davomida hodisada “jinoyat tarkibi aniqlanmagan”.

"Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JPKning talablari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan," dedi IIB navbatchisi.

Yashnobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi mazkur hodisadan so‘ng tumandagi maktab ma’murlari bilan suhbat o‘tkazib, bu kabi holatlarga befarq bo‘lmaslkkka chaqirgan.

Ozodlik shu yilning 1 yanvar kuni Urganchda 2 farzandning onasi 9 qavatli binodan o‘zini tashlab halok bo‘lgani haqida xabar qilgandi.

Joniga qasd qilgan ayol hodisasi bo‘yicha Urganch shahar ichki ishlar bo‘limi O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 103-moddasi ("O‘z joniga suiqasd qilish holatiga olib borish") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

XS
SM
MD
LG