Линклар

Шошилинч хабар
20 июл 2018, Тошкент вақти: 02:32

“Qurultoy” eshittirishining bu galgi mavzusini O‘zbekiston prezidentining yangi yil tabrigi belgilab berdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘zbek xalqiga yangi yil tabrigida "davlatning xalqqa munosabati o‘zgarmoqda. Xalq degan tushunchaning qadri yuksalmoqda," dedi.

U xorijdagi vatandoshlarni bilan "aloqalarni kengaytirishga yanada katta e’tibor" qaratish muhimligini ta’kidladi.

Bu murojaatdan bir kun oldin inson huquqlari faoli Sur’at Ikromov O‘zbekiston prezidentiga murojaat qilib¸ taniqli shoir va muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasining raisi Muhammad Solihni vatanga qaytarishni so‘ragan edi.

O‘z maktubida Sur’at Ikromov O‘zbekiston prezidenti zimmasiga adolatni o‘rnatish kabi tarixiy bir missiya tushganini ta’kidlaydi:

"Bu muxolifat liderini, bir shoirni, bir insonni uning sizu biz kabi sevgan vataniga qaytarish missiyasi! Ishonamanki, Muhamad Solihning vatanga qaytishi, O‘zbekistonning o‘tgan asr 80-yillar oxirida sohib bo‘lgan "demokratik o‘lka" imijining qaytishi bo‘ladi."

Ozodlikning “Qurultoy” eshittirishda qatnashgan Ikromov “Nega aynan Muhammad Solihning qaytishi muhim?” degan savolga ham oydinlik kiritdi.

- Muhammad Solihning vatanga qaytishi - 20 yil avval O‘zbekistonni tark eta boshlagan va hanuzgacha davom etayotgan xorijiy sarmoyaning O‘zbekistonga qaytishi demakdir. Nihoyat, Muhammad Solihning yurtimizga qaytishi milliy konsensus, milliy birlikka tashlangan ilk qadam, bu esa o‘z navbatida, o‘lkamizdagi siyosiy barqarorlikka va uning taraqqiyotiga tashlangan qadamdir," dedi huquqbon.

Мирзиëев “олтин каллаларни” Ўзбекистонга қайтара оладими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:40:28 0:00

Eshittirishda qatnashgan sobiq davlat mulozimi Mirzo Anvar Husainov bu masalaning huquqiy tarafiga e’tibor qaratdi:

- Sudlar o‘z qarorlarini qayta ko‘rib chiqishlari zarur. Chet elda uzoq yillardan buyon yashayotgan va maxsus xizmatlar va ichki ishlar tizimlari tomonidan tuzilgan "qora ruyxat"larga kiritilgan ming-ming vatandoshlarimiz zimasidagi asossiz ayblar olib tashlanishi kerak," dedi suhbatdosh.

Eshittirishda taniqli jurnalist Shohida Yoqub va Iqtisod fanlari doktori Xolnazar Amonov ham ishtirok etdi.

XS
SM
MD
LG