Линклар

Шошилинч хабар
25 июн 2018, Тошкент вақти: 05:40

OzodDayjest: Yoshlar ittifoqi rahbari tashkilot hali yoshlar ishonchini qozonolmaganini tan oldi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboev

Jinoiy guruh Toshkent bozorlarida 10 yil davomida tonnalab sifatsiz go‘sht sotgani ma’lum bo‘ldi. Quronboev Yoshlar ittifoqi hali o‘zbek yoshlari ishonchini qozona olmaganini tan oldi. Namanganda 114 yoshli onaxonga IIB rahbari biometrik pasport topshirdi.

_____________________________________________________________

Toshkentda 10 yildan buyon sifatsiz go‘sht sotib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga oid tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi savdo rastalarida 10 yil davomida sifatsiz go‘sht mahsulotlari sotib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh etilgani xabar qilingan edi. “Darakchi” nashri ushbu guruh faoliyatiga oid qo‘shimcha tafsilotlarni e’lon qildi. Jinoiy guruhga Qashqadaryoda tug‘ilgan, 40 yoshli Bahrom Haydarov boshchilik qilgan. U tanishlari hamda veterinarlar orqali Qashqadaryo viloyati bo‘ylab o‘limtik mollar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash tizimini yo‘lga qo‘yadi va har bir xabar uchun 15-50 ming so‘mgacha pul to‘laydi. Shu tariqa jinoiy guruh a’zolari Qashqadaryoda kasal mollarni so‘yib, go‘shtini Toshkentga yuborgan. Yashirin tsexlarda ishlov berilgan sifatsiz go‘sht bozor va kolbasa ishlab chiqaruvchilarga o‘tkazilgan. Jinoiy to‘da har oyda 5-15, 10 yil davomida esa 1800-6000 tonnachaga sifatsiz go‘sht sotgan. Mazkur holat bo‘yicha tergov olib borilayotgani xabar qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda 10 yil davomida sifatsiz mahsulot sotilishiga e’tiborsizlik qilgan veterinariya xizmati tanqid qilingan edi. Davlat veterinariya xizmati bosh mutaxassisi Alisher Ahadov kelgusida bunday holatlar ro‘y bermasligi uchun keskin choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.

Yoshlar ittifoqi raisi hali yoshlar ishonchi qozonilmaganini e’tirof etdi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboev tashkilot hali mamlakat yoshlarining ishonchini qozona olmaganini tan oldi (“Oila davrasida”, 2017 yil 52-son). “Ayrim yosh yetakchilarda birinchi navbatda vatanparvarlik yetishmayapti. Shu maqsadda Jizzax viloyat kengashi raisini yoshlarni birlashtira olmagani uchun ishdan oldik. Tizim tashkil qilindi, lekin yoshlar ishonchini hali qozona olmadik. Bu eng katta kamchiligimiz. Agar fidoyi bo‘lmasak, o‘zimizni qiynamasak, yoshlarning ichiga kira olmaymiz”, degan Q.Quronboev. Qayd etilishicha, yoshlar orasida ishsizlik eng jiddiy muammolardan bo‘lib qolmoqda. Toshkentdagi mardikor bozorlaridagi yoshlar bilan suhbatlashilganda Mehnat vazirligi yoki Yoshlar ittifoqidan biror vakil kelib, ularning hayoti bilan qiziqmaganini aytishgan. Yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida ham qilinadigan ishlar ko‘p ekanini ta’kidlangan.

Namanganda 114 yoshli onaxonga IIB rahbari biometrik pasport topshirdi

Namangan viloyati Mingbuloq tumani Guliston mahallasida yashovchi 114 yoshli Hadiyaxon Hoshimovaga biometrik pasport topshirildi (“Postda”, 1 yanvar). Xabar qilinishicha, tuman IIB boshlig‘i Avazbek Xo‘jaxonov boshchiligidagi bir guruh ichki ishlar xodimlari onaxonning uyiga borib, pasportni topshirishgan. 1903 yilda tug‘ilgan Hadiyaxon Hoshimova 52 yoshida umr yo‘ldoshidan ayrilgach, oila tashvishi, farzandlar tarbiyasini o‘z zimmasiga olgan. Sinovlarga bardosh berib, o‘g‘il-qizlarini o‘qitgan, uyli-joyli qilgan. 2017 yilda onaxonga O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan “Shuhrat” medali berilgan.

XS
SM
MD
LG