Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:08

Rojdestvoni cherkovda nishonlagan Putin «nasroniy qadriyatlari»ni olqishladi


Putin 7 yanvarga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg shahridagi cherkovda Rojdestvo bayramiga bag‘ishlangan ibodat marosimida ishtirok etmoqda
Putin 7 yanvarga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg shahridagi cherkovda Rojdestvo bayramiga bag‘ishlangan ibodat marosimida ishtirok etmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin pravoslav xristianlarini va barcha rus millatiga mansub kishilarni Yulian taqvimiga ko‘ra 7 yanvarda nishonlanadigan Rojdestvo – Iso tavalludi bayrami bilan tabrikladi.

Kreml matbuot xizmati Putin so‘zlaridan iqtibos keltirib, u «Rojdestvo bayrami dindorlarga sevinch va umid baxsh qilishi»ni aytganini xabar qildi.

Putinga ko‘ra, ushbu bayram pravoslav xristianlariga «ma’naviyat manbalari va ota-bolalardan meros qolgan an’analar»ni o‘rgatadi hamda «ularni xristian qadriyatlari» va «xalqimizning ko‘hna tarixi va madaniy merosi atrofida birlashtiradi».

Putin 7 yanvarga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg shahridagi avliyolar Simeon va Anna nomi bilan ataluvchi cherkovda Rojdestvo bayramiga bag‘ishlangan ibodat marosimida ishtirok etdi.

O‘sha paytda Rossiya davlat telekanallari Moskva shahridagi Xaloskor Iso kafedral jomesida bo‘lib o‘tgan ibodat marosimini jonli tarzda ko‘rsatdi.

Rus pravoslav cherkovi patriarxi Kirill Moskvadagi nomi zikr etilgan cherkovdagi ibodat marosimiga bosh-qosh bo‘ldi, unda Rossiya hukumati va parlamenti rahbarlari ham qatnashdi.

Rossiyadagi va boshqa xristian dinining pravoslavie yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchi kishilar Rojdestvo bayramini Yulian taqvimiga ko‘ra 7 yanvarda nishonlaydi. Bu G‘arb mamlakatlaridagi Grigoriy taqvimi asosida faoliyat yuritadigan aksariyat xristian cherkovlari taqvimidan ikki hafta keyin demakdir.

7 yanvar Rossiya, shuningdek, Belarus, Misr, Efiopiya, Gruziya, Qozog‘iston, Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya va Ukrainada bayram qilinadi. Armaniston pravoslav cherkovi Rojdestvoni 6 yanvar kuni nishonladi.

Isroilliklarga cherkov yerlari sotilishidan norozi bo‘lgan Falastin xristianlari Vifleem shahrida politsiya bilan to‘qnashdi. Bunga ularning Muqaddas zamindagi pravoslavlar patriarxining Rojdestvo bayramini nishonlashga keltirmaslik uchun yo‘lini to‘sishga urinishi sabab bo‘ldi.

Istanbul shahrida Grek pravoslav xristianlari jamoasi Isoning cho‘qintirilishini suvda cho‘milish bilan nishonladi.

Dunyodagi barcha pravoslav xristianlarining ma’naviy rahnamosi, Konstantinopol arxiepiskop iva umumjahon patriarxi Bartolemey I Muqaddas Georgiy patriarx cherkovida liturgiya – ommaviy ibodati o‘tkazdi.

Sharq pravoslav cherkovi shu kuni Iso cho‘qintirilishini nishonlaydi.

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy o‘zi musulmon bo‘lishiga qaramay, yangi cherkovda bo‘lib o‘tgan ibodat marosimida ishtirok etdi. Prezident bu bilan yaqinda terrorchilik hujumiga duchor bo‘lgan koptlar bilan birdamligini izhor qildi.

XS
SM
MD
LG