Линклар

Шошилинч хабар
16 октябр 2018, Тошкент вақти: 22:02

Shayx A. Mansur: Imom Buxoriy haqida kino olish ishlariga boshchilik qilyapman


O‘zbekiston musulmonlari idorasi "O‘zbekkino" davlat aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Imom Buxoriy va Hakim Termiziylar haqida ikkita kinofilm olishga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda loyihaga rahbarlik qilayotgan Shayx Abdulaziz Mansur OzodNazar dasturida qatnashib tafsilotlarni gapirib berdi.​

Шайх Абдулазиз Мансур: Имом Бухорий ҳақидаги кино яратиш ишларига бошчилик қиляпман
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:21 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev kino arboblari bilan ortda qolgan yil oxirida uchrashganida “islomiy mavzudagi filmlarni suratga olib masjidlarda namoyish qilish” taklifi bilan chiqqan edi.

“Nega al-Buxoriy to‘g‘risida kino yo‘q? At-Termiziy bobomiz?! Termiziylar sulolasi, deganda qanchadan-qancha gaplar bor. Bu ham bir yo‘nalishmi yo‘qmi?! Moturidiy haqida kino ko‘rsatish, u ham bir yo‘nalish. Islom sivilizatsiyasi deganda nimani ko‘rsatamiz biz?! Elimizga to‘g‘ri islomni tarannum etish - juda katta tarbiya. Masjidlarda ham buni qo‘ysa bo‘ladi“, degan edi prezident o‘z nuqtida.

XS
SM
MD
LG