Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2018, Тошкент вақти: 22:44

Toshkentda elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddisi 3 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi. Farg‘onada bittagina telefon uchun qotillik sodir etildi. Sigaret cho‘g‘idan chiqqan yomg‘ir 62 yoshli qariya o‘limiga sabab bo‘ldi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

________________________________________________

Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari o‘rinbosari 3 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbari o‘rinbosari Sh.Kamalov 3 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi (“Hurriyat”, 2018 yil 1-son). Elektr korxonasi rahbari o‘rinbosari tumandagi “Gelikon Vest” firmasiga qarashli mehmonxonada tekshiruv o‘tkazadi va go‘yo qonun buzilishi holatini aniqlab, mehmonxonani elektr tarmog‘idan uzib qo‘yadi. So‘ng 50 ming so‘m pora evaziga elektrni yana yoqib qo‘yadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimovga ko‘ra, elektr korxonasi rahbari o‘rinbosari mehmonxonani “sog‘in sigir” deb bilib, endi kattaroq operatsiyaga kirishadi. Sh.Kamalov tanishi, go‘zallik salonida ishlovchi Shahboz Ahmedov bilan mehmonxonaga borib, uni MXX xodimi deb tanishtiradi. Shu tariqa u mehmonxona rahbariyatini qo‘rqitib, qonun buzilishi holatlari borligi, buning uchun 150 million so‘mgacha jarima solinishi, agar 5000 dollar pora berilsa, ishni bosdi-bosdi qilishini aytadi. Sh.Kamalov va uning “MXXda ishlovchi” tanishi 3 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushirilgan. Ularga tegishli jazo berilgani xabar qilingan.

Avval chet elda odam o‘ldirgan vatandosh O‘zbekistonda ham qotillik sodir etdi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi Jiyanbek Kamalov bittagina telefon uchun qotillikka qo‘l urdi (“Huquq”, 11 yanvar). Ichkilikka mukkasidan ketgan J.Kamalov biror yerda tayinli ishlamagan. Kunlarning birida qarzga pivo va aroq olib ichgach, qarzini uzish uchun pul qidirishga tushgan. U ko‘chada Ahmadali Madaminov boshqaruvidagi “Neksiya” mashinasini to‘xtatib, unga o‘tirgan. Yo‘lda esa haydovchini pichoqlab o‘ldirgan va uning “Samsung” telefonini qo‘l kiritgan. So‘ng Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘iga qochib ketgan. Sud hukmiga ko‘ra, J.Kamalovga uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan. Qayd etilishicha, J.Kamalov avvalroq xorijda ham odam o‘ldirib, o‘sha yerda jazo o‘tab kelgan.

Toshkentda tamaki cho‘g‘idan kelib chiqqan yong‘inda 62 yoshli qariya nobud bo‘ldi

Toshkent shahri Yunusobod tumani 10-dahada yashab kelgan, 1955 yilda tug‘ilgan R.Mursyaev yong‘inda halok bo‘ldi. Bu haqda tuman IIB Yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Shavkat Ibragimov matbuot nashrlariga ma’lum qilgan. Yong‘in haqida xabar kelib tushgach, yong‘in o‘chirish xizmati voqea joyiga etib borgan. Qo‘ni-qo‘shnilar yotoqxonada chiqqan yong‘inni o‘chirgan, ammo tilsiz yovning asoratini bartaraf etishga kech qolingan edi. Yongan xonadondan uy sohibining kuygan jasadi topilgan. Falokat oddiy tamaki cho‘g‘idan kelib chiqqani aniqlagan. Yong‘in xavfsizligi mutasaddisi tamaki bois yong‘inlar ko‘p ro‘y berayotganidan ogohlantirgan.

XS
SM
MD
LG