Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2018, Тошкент вақти: 00:14

Payshanba kuni Facebook o‘z lentasida (News Feed) post va videolarni filtrlash algoritmini o‘zgartirdi. Facebook asoschisi Mark Sukerberg bu ijtimoiy tarmoqqa kiritiladigan bir qator o‘zgarishlarning birinchisi ekanligini aytdi.

Sukerberg shirkat endilikda "do‘stlar" va "qarindoshlar" bo‘lishgan postlarga urg‘u berishi, nashrlar va brendlar kontentini esa ozaytirishi haqida yozdi.

Facebook uzoq yillardan beri murakkab kompyuter algoritmlari yordamida foydalanuvchilar sharh qoldirishi yoki boshqa uslub bilan qiziqish ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan materiallarga urg‘u berib keladi.

Facebook va boshqa raqib tarmoqlar foydalanuvchilarning mavjud qarashlarini yanada mustahkamlashda o‘ynagan roli uchun tanqidga uchrab keladi. Qolaversa, Facebook noto‘g‘ri xabar va ma’lumotlarga urg‘u beruvchi algoritmlari uchun ham keskin tanqid qilinib keladi.

O‘tgan yilda Facebook Kongressning AQSh prezidenti sayloviga Rossiya aralashgani yuzasidan tergov olib borayotgan qo‘mitasiga Rossiyadan turib ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan 3 mingdan ortiq siyosiy reklama to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etgan edi.

Shirkatga ko‘ra, 2016 yildagi AQSh prezidentligiga saylov paytida Facebook tarmog‘iga joylashtirilgan bu siyosiy reklamalarda amerikalik saylovchilar orasida bo‘linish paydo qilgan irqiy muammolar, qurollarni nazorat qilish, immigratsiya masalalari ko‘tarilgan.

Sukerberg Facebook va Instagram kabi shirkatda tegishli mahsulotlar algoritmlarini o‘zgartirish yuqorida tilga olingan muammolarni hal qilishda yordam berishini aytdi.

Ikki milliarddan oshiq foydalanuvchiga ega Facebook dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq bo‘lib, jahondagi eng katta shirkatlar safiga kiradi. 30 sentabrda tugagan 12 oy davomida shirkat 36 milliard dollar foyda ko‘rgan.

XS
SM
MD
LG