Линклар

Шошилинч хабар
16 август 2018, Тошкент вақти: 01:58

Eron prezidenti: Tramp yadro dasturi shartnomasiga putur yetkaza olmadi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 8 yanvar kuni Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiyot vazirligidagi majlisda ishtirok etdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, AQSh prezidenti Donald Tramp va ma’muriyati Tehronning yetakchi mamlakatlar bilan yadro dasturi bo‘yicha erishgan shartnomasiga «putur yetkaza olmadi», deb aytdi. Shu bilan birga u hujjatni Eronning «uzoq muddatli g‘alabasi» sifatida olqishladi.

U 14 yanvarda Eronning davlat televideniesi jonli tarzda ko‘rsatgan ma’ruzasida «qayta-qayta urinishiga qaramasdan, Tramp shartnomaga putur yetkaza olmadi», dedi.

Tramp 12 yanvar kuni, agar shartnomaga imzo chekkan Yevropa mamlakatlari undagi «dahshatli kamchiliklar»ni tuzatmaydigan bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar undan chiqib ketishini ma’lum qildi.

Boshqa imzo chekuvchi mamlakatlar esa Qo‘shma Shtatlarni shartnomaga amal qilishni davom ettirishga da’vat qilmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 13 yanvar kuni bergan bayonotida yadro dasturi shartnomaini «hurmat qilish lozimligi»ni aytdi.

O‘sha kuni rasmiy Tehron yadro dasturi bo‘yicha erishilgan 2015 yilgi shartnomani o‘zgartirish haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Ushbu shartnomaga ko‘ra, Eron o‘ziga nisbatan qo‘llanayotgan sanksiyalarni bekor qilish hisobiga o‘zining yadro dasturini cheklasha majburiyatini olgan.

Eron yadro dasturi tinchlik maqsadlariga qaratilganini ta’kidlab kelmoqda, ammo Qo‘shma Shtatlar va boshqa mamlakatlar Tehron yadro qurollarini ishlab chiqarishga harakat qilayotganini iddao qilyapti.

Tramp 12 yanvar kuni Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish vaqtini o‘sha shartnomaga ko‘ra cho‘zishini va hozircha shartnomani o‘zgarishsiz qoldirishini aytdi.

Ammo u hujjat 120 kun ichida shartnoma alohida bitim bilan kuchaytirilishi zarurligini, mabodo bunday qilinmaydigan bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar mavjud shartnomadan chiqib ketishini bildirdi.

Tramp shartnomaga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritishni talab etmoqda: Eron Xalqaro atom energiyasi agentligiga (IAEA) ob’ektlarni o‘z vaqtida inspektsiya qilib turishiga rozilik berishi, yana «quyosh botishi deb ataluvchi qoidalar»ni bartaraf qilishi kerak. Sababi, vaqt o‘tishi bilan Eronning yadro dasturiga bo‘lgan ayrim cheklovlar o‘z kuchini yo‘qotadi.

Bundan tashqari, shartnomada Eronning yadro dasturi bo‘yicha sa’y-harakatlari uning raketa dasturlari bilan bir butun ekani alohida qayd etilishi shart.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu 13 yanvarda prezident Makron bilan telefon orqali so‘zlashuvi chog‘ida, Yevropa Erondan yadro dasturi bo‘yicha asosiy shartnomani kuchaytirishni talab qilsa, «donishmadlarcha» ish tutgan bo‘lar edi, deb aytdi.

U Makronga yana jahon jamoatchiligi «Eron rejimining beshta jinoyati»ni «keskin qoralashi» darkorligini aytdi.

Netanyahuga ko‘ra, Tehron yadro quroliga ega bo‘lishga, ballistik raketalarini rivojlantirishga, terrorchilik tashkilotlarini va mintaqada tajovuzkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, «Eron vatandoshlarini shafqatsizlarcha qatag‘on qilish»ga intilmoqda.

XS
SM
MD
LG