Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:05

"Ahmad-shaxmat" qo‘shig‘i bilan nomi chiqqan shaharning sevimli "masxarabozi" o‘g‘irlikda ushlandi (VIDEO)


Toshkent bozorlarida qo‘shiq aytib¸ tilanchilik qiladigan 18 yashar Bektemir Rashidov odamlarning uyiga derazadan oshib kirib o‘g‘irlik qilganlikda ayblanib¸ ustidan jinoyat ishi ochildi. Ozodlik huquq-tartibot idoralaridan olgan ma’lumotga qaraganda, Bektemir 11 yanvar kuni o‘g‘irlikka tushgan.

Bektemir Rashidov 2016 yili moliyaviy firibgarlikda ayblanib qo‘lga olingan Ahmadboy Tursunovga bag‘ishlab “Ahmadboy” akamni qo‘yvoriylar", “Ahmad-shaxmat, otangga ming rahmat” deya qo‘shiq aytgani ortidan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan edi.

Quyichirchiq tuman IIB xodimining Ozodlik muxbiriga aytishicha¸ Bektemir Rashidov ustidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:

- Derazadan kirib o‘g‘irlik qilibdi. Fortochnik ekan bu ashulachi yigit. 11 yanvar, kunduz kuni deraza oynasidan kirib uydagi narsalarni o‘g‘irlab ketgan, dedi IIB xodimi.

Uning aytishicha¸ “Quyichirchiq tuman Abay mahalla fuqarolar yig‘ini Nayman mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, o‘qimaydigan, ishlamaydigan va ko‘chada tilanchilik” qilib kun ko‘radigan Bektemir Rashidov “300 AQSh dollari, 100 ming so‘m, narxi 600 ming so‘mlik 1 dona oltin uzuk, narxi 200 ming so‘m bo‘lgan dur taqinchog‘ini o‘g‘irlaganlikda” gumon qilinmoqda.

- Uni qo‘lga olib, so‘roq qilib mahalla kafolati ostida uyiga qo‘yib yubordik. Tergov tugab ishni sudga oshiramiz. Sud nima hukm qilsa, o‘zi biladi¸ dedi IIB xodimi.

Tarmoq yulduzi

Hozir o‘g‘irlikda gumon qilinayotgan Bektemir Rashidovning “Ahmadboy” akamni qo‘yvoriylar", “Ahmad-shaxmat, otangga ming rahmat” deya aytgan qo‘shiqlari 2016 yilda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentini “portlatgan” edi. O‘sha yili "Ahmad-shaxmat" qo‘shig‘i xitga aylandi

Чинозлик Аҳмадбой халқ оғзаки ижодида: "Аҳмад-шахмат, отангга минг раҳмат"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:23 0:00

Sergeli bozoridagi do‘mboq bolakayning "Ahmad –shaxmat" qo‘shig‘i tarmoq orqali turli versiyalarda million martadan ko‘proq tomosha qilindi.

Qo‘shiqning "Ahmad, otangga rahmat" naqoratini esa, boshqa ijrochilar rep tarzida kuylashdi.

XS
SM
MD
LG