Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:42

O‘zbek bankiri Qozog‘istonga 2 milliard dollar sarmoya kiritishga erishdi


Kazakh Invest va Oppenheimer Investment o‘rtasida bitim imzolanmoqda
Kazakh Invest va Oppenheimer Investment o‘rtasida bitim imzolanmoqda

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboevning Qo‘shma Shtatlarga safari jarayonida rasmiy Ostona AQSh biznes doiralari bilan savdo va iqtisodiy sohalarda qiymati 7 milliard dollarga teng yigirmadan ziyod shartnomalar imzolandi.

Jumladan, Kazakh Invest milliy kompaniyasining 17 yanvarda xabar berishicha, mamlakatda sarmoya muhitini rivojlantirishni maqsad qilgan ushbu kompaniya va AQShning eng qadimgi sarmoya banklaridan biri - Oppenheimer Investment banki o‘rtasida Qozog‘istonga 2 milliard dollar sarmoya kiritish bo‘yicha bitim imzolandi.

Oppenheimer Investment bankining rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha mas’uli Farhod Inog‘omboevning Ozodlikka aytishicha, bu sarmoya asosan Qozog‘istonda xususiy sektorni rivojlantirishga sarflanadi.

Inog‘omboev O‘zbekistonda ham sarmoya muhiti yaxshilanib borayotganini aytdi:

"2016 yildan keyin O‘zbekiston iqtisodiyotida yangi davr boshlandi," deydi Farhod Inog‘omboev.

Asli O‘zbekistonlik bankir vataniga sarmoya olib kirish muhiti fazosi ijobiy tomonga o‘zgarayotganini e’tirof etdi.

Uning ishonishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti qo‘shni davlatlarga qiyoslaganda ancha kattadir.

Ўзбекистон иқтисодиётида янги давр бошланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:33 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG