Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:20

Mulozimlarning o‘zbekcha gapirishi uchun yana bir qonun kerakmi?


Ozodlikning “Qurultoy" eshittirishida davlat tili haqida qonun chiqqanidan 28 yil o‘tib ham¸ “yetim” bo‘lib qolayotgan milliy tilimiz haqida suhbatlashdik. Bu mavzuni olishimizga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 12 yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishida aytgan gapi sabab bo‘ldi:

“O‘zingiz ayting, elchi degan odam o‘zbek xalqining boy tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatlarini, vatandoshlarining dardu tashvishlarini yaqindan bilmasa, ularni yuragidan o‘tkazmasa, qanday qilib O‘zbekistonni dunyoga tanitishi mumkin? Deylik, Alisher Navoiydan, Boburdan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovdan ikki qator she’r ayta olmasa, eng yomoni, ona tilimizni mukammal bilmasa, qanday qilib haqiqiy elchi bo‘lishi mumkin?” dedi davlat rahbari.

Bu Shavkat Mirziyoevning davlat tepasiga kelganidan buyon birinchi marta davlat tili va unga munosabat haqida aytgan gapidir.

Qurultoyda qatnashgan taniqli filolog olim Qozoqboy Yo‘ldoshev¸ psixolog olim va shoir Mahmudjon Yo‘ldoshev¸ yosh blogerlar Jonuzoq Halil va Shukurjon Islomovlar “tilga e’tiborsizlikning oqibat va ko‘lamidan” gapirdi.

Taniqli o‘zbek haykaltaroshi Omon Aziz “nega tilimiz san’atkor¸ siyosatchi va olimlar muloqot qiladigan jozibani yo‘qotdi” degan ritorik savolni qo‘ydi.

Мулозимларнинг ўзбекча гапириши учун яна бир қонун керакми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:43:03 0:00

“Tafakkur” jurnali Bosh redaktori¸ O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamov esa “til va yozuvni arosatdan qutqaraylik” deya “Qurultoy” dasturida ta’kidladi.

Psixolog olim Mahmudjon Yo‘ldoshev “Nega turkiy so‘zlar qolib arab va fors kalimalarini qo‘llaymiz¸ nega o‘zlikdan or qilamiz” deya mavzuning yana bir sahifasini ochdi.

Bu fikrni davom ettirgan filolog olim Qozoqboy Yo‘ldoshev “Transport so‘zini o‘rniga naqliyot degan arabcha kalimani qo‘llashdi. Axir o‘zimizda “ko‘lik”¸ “ulov” degan so‘zlar turibdiku” deya ta’kidladi:

- Sher deymiz ammo arslon demaymiz¸ bahor deymizu, ko‘klam demaymiz. Bol o‘rniga arabcha asal so‘zini¸ oltin o‘rniga forscha tilla so‘zini qo‘llaymiz¸ deya o‘rtaga qo‘yilgan masalaga echim izladi.

Qurultoy qatnashchilari fikricha¸ til reformasi haqida yozgan jadidlar o‘gitiga qaytmoq lozim.

O‘zbek tilining bugungi shakliga 1918 yili Turkiston Kompartiyasining topshirig‘iga ko‘ra, Fitrat Shokirjon Rahimiy¸ Qayum Ramazon bilan hamkorlikda yaratilgan “ona tili” darsligida tamal toshi qo‘yilgan edi.

Bundan bir yil o‘tib Fitrat «Ishtirokiyun» gazetasining 1919 yil 12 iyundagi 32- sonida “Tilimiz” degan maqola bilan chiqqan edi.

Bu maqolada Fitrat “Tilimizni arab va fors bosqinidan qutqaraylik” deya yozadi. Fitratga ko‘ra¸ fors tilini arab ta’siridan qutqargan Firdavsiyni esga olib “Afsus bizning peshonamizga Firdavsiydek qutqaruvchi bitmadi” deya yozg‘irgan edi.

“Qurultoy” qatnashchilariga ko‘ra¸ bundan 100 yil oldin jadidlar aytgan gaplar bugun ham yechimini kutmoqda.

XS
SM
MD
LG