Линклар

22 феврал 2018, Тошкент вақти: 14:04

O‘zbekiston Xalq artisti, 70 yashar Sherali Jo‘raevning qariyb chorak asrga cho‘zilgan tanaffus ortidan Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyidagi ilk yakkaxon konsertiga chiptalar chayqovchilar qo‘liga o‘tib ketdi.

Sherali Jo‘raev "Istiqlol"da 19, 20,21 yanvar kunlari konsert berdi. Xonandaning 4- konserti 22 yanvarga belgilangan. Ozodlik gaplashgan tomoshabinlarga ko‘ra, 4 ta konsert uchun chiptalar san’at saroyi kassalarida ikki hafta sotilgan va 22 yanvar kuni kassada bitta ham chipta qolmagan.

Tomoshabinlarning aytishicha, chiptalar shundoqqina saroy yonidagi olibsotarlar qo‘lida asl narxidan 2-3 barobar qimmatga pullanmoqda.

Bir chipta narxi - 100 dollar

Sherali Jo‘raevning muxlislari 100 ming so‘m turadigan chiptani 250-300 ming (30-35 dollar), 300 ming turadigan chiptani esa 600-800 (80-100 dollar) ming so‘mga olishga majbur bo‘lishmoqda.

Hofizning konsertiga kirish uchun Qo‘qondan kelgan nafaqaxo‘r bir dona chipta olishga nafaqasi zo‘rg‘a etganini aytdi.

Kassaning yoniga borsam, bilet yo‘q deyishdi. Tashqarida esa bir dona biletni 100 dollargacha sotishayapti. Bir dona biletga bir oylik nafaqam zo‘rg‘a etdi. Majbur sotib oldim. Sherali har kuni kontsert bermaydi-ku?!” dedi u.

“Istiqlol” san’at saroyi kassirlaridan biri chiptalarning qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgani va olibsotarlar tomonidan uch baravargacha qimmat narxda sotilayotganini tasdiqlay olmasligini bildirdi.

“Tabiiy holat”

Kinorejissyor Rustam Sagdiev
Kinorejissyor Rustam Sagdiev

Taniqli kinorejissyor Rustam Sagdievning hofiz Sherali Jo‘raev konsertiga sotilgan chiptalarning chayqovchilar tomonidan sotilayotganini “tabiiy holat”, deya baholadi.

- Bu tabiiy holat. Shuncha yil konsert berilmagan. Keyin Sherali Jo‘raevning to‘rt kun konsert berishi - judayam kichkina muddat. “Istiqlol” san’at saroyiga 4 ming odam sig‘sa, uch-to‘rt kunda 12-15 ming odam sig‘adi. Bu ko‘psonli Toshkent uchun nima degan gap? Men shuning uchun biletlar qo‘lga chiqib ketgan deb o‘ylayman, – dedi Rustam Sagdiev. -

Kinorejissyor chiptalarning chayqovchilar qo‘liga chiqib ketmasligi uchun Sherali Jo‘raev konsertini ko‘proq o‘tkazishi kerak ,deb hisoblaydi.

"Bilet sotilgani – yelkasidan tog‘ ag‘darilgani"

Xonanda Mohira Asadova
Xonanda Mohira Asadova

Taniqli xonanda Mohira Asadovaning ishonishicha, Sherali Jo‘raevning konsertiga biletlarning chayqlovchilar tomonidan sotilayotgani bu – “muxlislar sog‘inchi”.

- Gap chayqlovchilikda emas, menimcha. Bularning bari shinavandalar va muxlislar, ayniqsa ustozimiz Sherali Jo‘raevning haqiqiy muxlislari uchun sog‘inch xabarlari deb hisoblayman. Bir necha yildan beri ustozimiz katta san’at zallarida kontsert dasturlarini taqdim qilgani uchun ustozning jonli ijrosini sog‘ingan muxlislar hattoki biletning narxiga ham qaramasdan sotib olishgan bo‘lsalar kerak, deb o‘ylayman, - deydi Mohira Asadova.

U o‘z ta’birida chiptalarning olibsotarlar tomonidan sotilishlini “Sovet davridan qolgan” deb hisoblaydi.

- Bu narsa bizda juda ildiz otgan deb o‘ylayman. Biletlar tujjorlar, savdogarlar qo‘liga chiqib ketadi. Bilasizmi, konsert uyushtiruvchilar maqsadi – biletlarning tezroq sotilgani. Uni kim olayapti, kimning qo‘liga borib tushayapti, konsert uyushtiruvchilarini qiziqtirmaydi. Bilet sotilgani – yelkasidan tog‘ ag‘darilgani. Bu narsa Sovet davridan qolgan - deydi Mohira Asadova.

"Tirikchilik"

Shov-shuv sayti muharriri Jasur Hamroev
Shov-shuv sayti muharriri Jasur Hamroev

O‘zbekistondagi shou-biznes olami xabarlarini yoritish bo‘yicha etakchi veb sahifalardan biri Show-shuv muharriri Jasur Hamroev chiptalarning chayqovchilar tomonidan sotilishi haqida ziddiyatli qarashga ega ekanini aytdi.

- Chipta olib-sotarlarni bir tarafdan oqlash mumkin, boshqa tarafdan oqlab bo‘lmaydi. Yaxshi tomoni, ular istagan paytingizda chipta topib berishi mumkin o‘zining tirikchiligini qilib. Ayrim insonlar, konsert kuni birdan bilet qidirishni eslab qoladi. Ular uchun chipta olib-sotarlar judayam qulay. Ammo, yoqlamaydigan tarafim chiptalar ikki-uch karra baland bo‘lid ketadi. Ular chiptalarni oldindan sotib olgani uchun muxlis borib, o‘zi istagan joydan chiptani topa olmaydi, - deydi Jasur Hamroev.

Qora ro‘yxatdan chiqarilgan hofiz

Sherali Jo‘raev chorak asr o‘tib katta sahnaga qaytdi
Sherali Jo‘raev chorak asr o‘tib katta sahnaga qaytdi

“24 yil davomida “qora ro‘yxat”da bo‘lgan Sherali Jo‘raev o‘tgan yildan beri rasmiy telekanallarda ko‘rina boshladi.

Hofiz so‘nggi bor 2017 yil sentabrda Toshkentda o‘tkazilgan milliy palov festivalida qo‘shiq kuylab, katta olqishlarni olgan edi.

1993 yildan buyon, nafaqat tele-radiokanal, balki katta sahnalarda ham kuylashi taqiqlab qo‘yilgan hofiz Sherali Jo‘raev Karimovning o‘limidan keyingina katta sahna va telekanal dasturlariga qayta oldi.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafotidan so‘ng - 27 sentabrdan boshlab, Jo‘raevning katta sahna va teleradiokanallarda bemalol chiqishga izn olgani xabar qilindi.

O‘zbekistonda taniqli xonandalar konsertini uyushtirish bilan shug‘ullanuvchi Ravshanbek Omonovning bu haqda Ozodlikka aytishicha¸ 2017 yil 27 sentabr kuni Sherali Jo‘raevga O‘zbekiston prezidenti bajaruvchisi yordamchisi qo‘ng‘iroq qilib katta sahnaga yo‘l ochilganini bildirgan.

Keyingi o‘n yil davomida O‘zbekistonda o‘nga yaqin ashulachi litsenziyadan mosuvo qilinib, shou biznesdagi istalmagan shaxslar ro‘yxatiga qo‘shilgandi.

Farrux Zokirov, Sherali Jo‘raev, Yulduz Usmonova, Obid Asomov, Sevara Nazarxon, Otabek Madrahimov, Ozoda Nursaidova,Farrux Soipov kabi san’atkorlarga qo‘yilgan norasmiy taqiq sabablari jamoatchilikka ochiqlanmagan

XS
SM
MD
LG