Линклар

Шошилинч хабар
17 август 2018, Тошкент вақти: 14:54

Erondan hijob o‘rashga qarshi chiqqan ayolni qo‘yib yuborish talab qilinmoqda


Hijobni majburiy o‘rashga qarshi norozilik bildirgan eronlik ayol surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.

Amnesty International tashkiloti o‘tgan oyda Tehronda hibsga olingan ayolni “zudlik bilan va hech bir shartsiz” ozod qilishga da’vat etmoqda. U ayollarning islomiy kiyimni majburiy kiyishiga tinch tarzda norozilik bildirgani aytilmoqda.

Qarorgohi Londonda joylashgan Amnesty International inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti Eron hokimiyat idoralarini “hijob o‘rashga qarshi chiqqan ayolarni ta’qib qilmaslikka hamda kamsituvchi va haqoratomuz amaliyotni bekor qilish”ga chaqirdi.

O‘tgan yil 27 dekabridan beri Tehronning Inqilob ko‘chasidagi beton konstruksiya ustida boshiga ro‘mol o‘ramay turgan ayol tasvirlangan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Tasvirda u hijobni majburiy o‘rashga qarshi norozilik belgisi sifatida oq bayroq silkib turibdi. Hijob Eronda soch bilan tanani yopib turadigan islomiy kiyim hisoblanadi.

Amnesty International vakili politsiya ayolni voqea sodir bo‘lgan joyda hibsga olib, yaqin atrofdagi hibsxonaga olib ketgani haqida uch kishi guvohlik berganini ma’lum qildi.

Politsiya oilasi uning ismini “xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar sabab oshkor qilmagani”ni aytdi.

Eronda inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanayotgan advokat Nasrin Sotuda o‘sha 31 yashar ayolning 19 oylik farzand borligini xabar berdi.

Avdokat Feysbukdagi sahifasida joriy haftaning boshlarida o‘sha ayol hibsga olingandan so‘ng qo‘yib yuborilgani, ammo keyinchalik yana qamalganini yozdi.

Bo‘ysunmaslik ramzi

O‘sha ayol Eronda kiyish majbur bo‘lgan qat’iy kiyimga qarshilik ramziga aylandi.

Oradan o‘tgan bir oy mobaynida yuzlab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari #Ayol_qaerda yoki #Inqilobko‘chasidagiqizqani heshtegi orqali uning qaerda ekanini so‘rab surishtirdi.

1979 yilgi Islom inqilobidan so‘ng ayollarning kiyimi o‘rganib chiqilgan hamda ayollarga islomiy kiyim kiyishi majburiy qilib qo‘yilgan edi.

Kiyinish tartibiga ko‘ra, ayollarinng sochi va badani ko‘chaga chiqqanda yopiq bo‘lishi shart.

Axloq politsiyasi hijob kiyishga oid qoidalarni to‘liq hurmat qilmaydigan kishilarni doimiy tarzda jazolab turadi.

Amnesty International ayni amaliyot “Erondagi ayollarning e’tiqod va din erkinligi, so‘z erkinligi, o‘zboshimchalik bilan hibsga olish va qamoqqa tashlash, qiynoqqa solish hamda boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson sha’nini tahqirlovchi munosabat yoki jazodan himoya singari huquqlarini necha o‘n yillardan beri poymol qilib kelayotgani”ni aytdi.

XS
SM
MD
LG