Линклар

Шошилинч хабар
28 январ 2021, Тошкент вақти: 11:34

OzodDayjest: Farg‘onada o‘zi va bolasi joniga qasd qilgan ayol qutqarildi


Illyustrativ surat.

Zo‘ravon bog‘cha tarbiyachisini “yuqori”dagi qarindoshi himoya qilib kelgani aniqlandi. Farg‘onalik ayol 2 yoshli bolasi bilan o‘zini kanalga tashladi. Angrenda oshpaz ayol kasbdoshini pichoqladi.

_____________________________________________________________

Zo‘ravon bog‘cha tarbiyachisi avval ham bolalarga qo‘l ko‘targani aniqlandi

​Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan 20-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Sadoqat Rahmatullaev 2011 yilda tug‘ilgan M.A.ni urgani aks etgan video tarqalishi ortidan ushbu holatni Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin o‘z nazoratiga oldi (“Darakchi”, 25 yanvar). Aniqlanishicha, S.Rahmatullaeva faoliyati davomida avval ham tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan va bu borada ota-onalardan bir necha bor shikoyatlar kelib tushgan. Maktabgacha ta’lim vazirligiga ko‘ra, bog‘cha mudirasi N.Isaeva bir necha marta S.Rahmatullaevani ishdan bo‘shatishga harakat qilgan, ammo tarbiyachi “yuqori” organlarda faoliyati yurituvchi qarindoshlari orqali bosim o‘tkazgan va ishini saqlab qolgan. Ammo bu gal vazirlik aralashuvi bilan zo‘ravon bog‘cha tarbiyachisi ishdan bo‘shatilgan. S.Rahmatullaevaning bolaga qo‘l ko‘targani videokamera orqali fosh etilgan. Shunga ko‘ra zo‘ravonliklarni vaqtida aniqlash uchun mamlakatdagi barcha bog‘chalarda videokuzatuv tizimini yo‘lga qo‘yish kerakligi taklif etilmoqda.

Farg‘onalik ayol o‘zi va norasida bolasi joniga qasd qilishga urindi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi ayol o‘zi va 2 yoshli bolasining joniga qasd qilishga urindi (“Huquq”, 25 yanvar). Ismi oshkor etilmagan ayol Katta Farg‘ona kanali qirg‘og‘ida farzandi bilan o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lib turganida, uni shu yerdan xizmat mashinasida o‘tib ketayotgan tuman hokimi o‘rinbosari M.Mo‘ydinova ko‘rib qoladi. Hokim o‘rinbosari mashinani to‘xtatib, ayol yoniga boradi va nima sababdan bunday qilayotganini so‘rab, tinchlantirishga urinadi. Ammo ayol bolasini bag‘riga bosgancha o‘zini suvga tashlaydi. Shu yerdan o‘tib ketayotgan uch nafar yigit suvning sovuqligiga qaramay, o‘zlarini kanalga otib, ayol va uning farzandini qutqarishadi va shifoxonaga yetkazishadi. Ayolning nega o‘zi va norasidasi joniga qasd qilgani sababi ochiqlanmagan. Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyat prokuraturasi ayol va uning bolasini qutqarib qolgan Qodirjon To‘ychiev, Azizbek Bo‘taev va Abdulhakim G‘ulomovlarga rasman tashakkurnoma e’lon qilgan.

Angrenda oshpaz ayol hamkasbiga pichoq urdi

Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan “Angren-lend” oshxonasida janjal yuz berdi. Shu yerda oshpaz bo‘lib ishlovchi M.H. boshqa oshxonada ishlovchi hamkasbi A.A. ismli yigit bilan gap talashib qoldi (“Postda”, 20 yanvar). Oqibatda oshpaz qiz oshpaz yigitning qorniga pichoq urgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ayolga esa jinoiy ish ochilgan.

IIV matbuot xizmati o‘tgan haftada ayollar ishtirokida ro‘y bergan yana bir pichoqbozlik haqida xabar bergan. Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi H.Shalola o‘z uyida tanishi N.Shohida bilan janjallashib qolgan. Jahliga erk bergan uy sohibasi kutilmaganda Shohidaning ko‘kragiga pichoq urgan. Bu jabrlanuvchi ham shifoxonaga yotqizilgan. Ayollarni jinoyatga yetaklagan sabablar ma’lum qilinmagan.

XS
SM
MD
LG