Линклар

Шошилинч хабар
26 май 2018, Тошкент вақти: 20:51

O‘zbekistonda amaldagi biometrik pasport xorijga chiqish hujjati sifatida tan olinmaydi. Xorijga chiqish uchun alohida pasport joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori Najmiddin To‘raxodjaevning aytganlariga tayanib, gazeta.uz xabar qildi.

Quyida saytning xabarini aynan keltiramiz:

2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida milliy pasportni xorijga chiqish pasporti sifatida tan olish taklif qilingan edi. Hujjatning tasdiqlangan variantidan ushbu band olib tashlandi. Ayni paytda fuqarolik pasportini ID-kartalar bilan almashtirish bandi tasdiqlanib, jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, xorijga chiqish pasportlarini joriy etishni 2019 yil 1 yanvardan boshlash rejalashtirilgan. Pasport 10 yil muddatga beriladi. Bir vaqtning o‘zida ikki yil muddatga beriluvchi xorijga chiqish stikerlarini (ovir) rasmiylashtirish talabi bekor qilindi.

2019 yil 1 yanvardan so‘ng viza rejimi mavjud mamlakatlarga chiqishda xorijga chiqish muddati tugamagan milliy pasportlardan foydalanish mumkin. Viza talab qilinmaydigan davlatlarga chiqishda esa amaldagi pasportdan 2021 yil 1 yanvargacha foydalanish mumkin.

Najmiddin To‘raxodjaev nima uchun amaldagi pasport xorijga chiqish hujjati sifatida tan olinmagani bo‘yicha «Gazeta.uz» savoliga quyidagicha javob qaytardi:

«Chiqish hujjatini rasmiylashtirish tartiblari ichki pasportni rasmiylashtirish tartiblaridan farq qiladi. Bundan tashqari, xorijga chiqish pasporti tuzilishi va sahifalari soni bilan ham farq qiladi».

ID-kartalarning joriy etilishi haqida so‘zlar ekan, Najmiddin To‘raxodjaev 20 martgacha identifikatsiya kartalarini bosqichma-bosqich joriy etishni ko‘zda tutgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishini ma’lum qildi.

«Biz ID-kartalar joriy etilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz, ular foydalanish uchun qulay. Biroq tegishli infratuzilmalarni yaratish uchun bir oz muddat kerak, texnologik jarayonlarni hisobga olish lozim», — deya oydinlik kiritdi u.

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirjon Jo‘raev «Gazeta.uz"ga izoh berar ekan, ID-kartalar bosqichma-bosqich joriy etilishini tasdiqladi. Amaldagi fuqarolik pasportlari muddati tugashi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida rasmiy hujjat bo‘lgan identifikatsiya kartalari taqdim etiladi.

XS
SM
MD
LG