Линклар

25 феврал 2018, Тошкент вақти: 20:24

Isroildagi g‘ordan topilgan jag‘ parchasi 177-194 ming yoshda ekanligi aniqlandi. Bu haqda joriy haftada xabar qilgan Science jurnaliga ko‘ra, topilma jag‘dagi tishlar insonga tegishli bo‘lgan bo‘lsa, ushbu qazilma Afrika tashqarisida topilgan eng eski anatomik jihatdan zamonaviy odam qoldiqlaridir.

Qolaversa, bu topilma zamonaviy odamlarnikiga o‘xshash xususiyatlarga ega shu kungacha aniqlangan eng eski qazilmadir.

Bunday qazilmalar hamda genetik analiz zamonaviy odamlar Afrikani qachon tark etgani hamda qachon zamonaviy odamga aylangani haqidagi savollarga javob berishda qo‘l keladi.

Isroildagi topilma zamonaviy odamlar Afrikani avval ishonilgandan ertaroq tark etgan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga olib keladi.

Isroil g‘orida nafaqat jag‘ parchasi, balki mehnat qurollari ham topilgan.

XS
SM
MD
LG