Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:54

Shoshilinch: O‘zbekiston sobiq Ichki ishlar vaziri hibsga olindi (VIDEO)


Hibsga olingan Adham Ahmadboev
Hibsga olingan Adham Ahmadboev

O‘zbekiston sobiq ichki ishlar vaziri Adham Ahmadboev 26 yanvar, juma kuni tushdan keyin Toshkentdagi o‘z uyida Prezident gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura xodimlaridan tuzilgan qo‘shma operativ guruh tomonidan hibsga olindi.

Собиқ ички ишлар вазири ўзи раҳбарлик қилган идора ертўласига ташланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:56 0:00

Bu haqda Ozodlikka ayni guruh tarkibida bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi yuqori lavozimli mulozimlaridan biri ma’lum qildi.

Ozodlik manbasi bergan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 52 yashar sobiq vazir shaxsan mamlakat Bosh prokurorining buyrug‘i bilan Beshyog‘och yaqinidagi kvartirasidan qo‘liga kishan solinib, ichki ishlar vazirligi yerto‘lasiga olib ketilgan.

Ichki ishlar podvaliga yopishdi. MVD va Prokuratura xodimlari genprokurorning buyrug‘i bilan,” dedi ismi sir qolishini so‘ragan Ichki ishlar vazirligi yuqori lavozimli mulozimi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayblov rasman 29 yanvar kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ozodlikning Bosh prokuraturadagi manbasi ham Adham Ahmadboev prokuratura xodimlari tomonidan tergov qilinayotganini tasdiqladi.

Unga ko‘ra, tergovchilar tez orada sobiq vazirni vaqtincha qamoqda saqlash to‘g‘risida sudga so‘rovnoma tayyorlashmoqda.​

Ozodlik hozirda ayblov tafsilotini o‘rganayotir.

"Sotqin"

22 dekabrda O‘zbekiston hukumati va parlamentining qo‘shma majlisida ilk yillik hisoboti bilan chiqqan prezident Shavkat Mirziyoev Adham Ahmadboevni sotqinlikda ayblagandi.

Prezident Mirziyoev, o‘z ta’birida, "sotqinligi uchun" undan sobiq prezident Islom Karimov 2014 yil avgustida bergan general-leytenant rutbasini olib tashlaganini ma’lum qilgandi.

Shavkat Mirziyoev sud tizimidagi ikki rahbarni turg‘izib, Adham Ahmadboev misolida ularga keskin ogohlantirish bergandi.

- Ahmadboevning hamma generallarini qaytib olib¸ qaerda yuripti bilasan. Ministr MVD! Sotqinligi uchun. Xiyonatchiligi uchun! MVDni ministri bunaqa xiyonatchi bo‘lib¸ bir-ikkita to‘daga qo‘shilgani uchun man uni vijdonim qabul qilmadi¸ O‘zbekistonni Ichki ishlar vaziri bo‘lib turib¸ pogonni¸ ikkita generaliniyam tortib oldim. General-leytenant emish!- degandi Shavkat Mirziyoev.

Nozir-vazir-asir

Мирзиëев: "Мен ер тагида илон қимирласа биламан"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:56 0:00

Adham Ahmadboev O‘zbekiston militsiyasini 2013 yil dekabridan 2017 yil yanvarigacha boshqardi.

Shavkat Mirziyoev prezident etib saylanishidan bir oy o‘tib Adhamboevni vazifasidan olib, prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinladi.

Oradan yana uch oy o‘tib bu vazifadan ham bo‘shatilgan general-leytenant Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga oddiy o‘qituvchi etib yuborildi.

O‘zbekiston IIV akademiyasining o‘zini "rektor yordamchisi", deya tanishtirgan mulozimi Ozodlik muxbiri bilan 26 dekabr kungi suhbatda Adham Ahmadboevning pensiyaga chiqarilganini aytgan edi:

- U kishi pensiyaga chiqarildi. Faqat shu ma’lumotni ayta olaman sizga, - dedi IIV akademiyasi mulozimi.

Ahmadboev bilan yaqin munosabatda bo‘lib kelgan hukumat mulozimlaridan biri 25 dekabr kuni ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka sobiq norasmiy uy qamog‘iga olinganini bildirgandi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 22 avgust kungi farmoni bilan Adham Ahmadboevga general-leytenant unvoni berilgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra¸ 1984 yili o‘z faoliyatini Toshkent shahar Shayxontohur tumanida oddiy uchastka militsioneri lavozimidan boshlagan Ahmadboev 1990-2000 yillar oralig‘ida Toshkent viloyat IIB boshqarmasida tergovchi¸ 2000-2004 yillar oralig‘ida ayni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari¸ 2004-2006 yillarda esa O‘zbekiston prezidenti devonida mas’ul xodim bo‘lib ishlagan.

Ozodlik Ahmadboevning hibsga olinishi va tergov tafsilotini o‘rganishda davom etmoqda.

Bu haqda kelgusi soatlarda tanisha olasiz.

XS
SM
MD
LG