Линклар

Шошилинч хабар
15 август 2018, Тошкент вақти: 13:57

Sobiq ishlar vaziri Adham Ahmadboev 2 kun hibsda ushlab turilib, qo‘yib yuborildi


sobiq ichki ishlar vaziri Adham Ahmadboev

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Adham Ahmadboev hibsga olinganidan ikki kun o‘tib, dushanba 29 yanvar kuni tushlikdan keyin, qo‘yib yuborildi.

Bu haqda Ozodlikka Adham Ahmadboevni hibsga olish amaliyotida ishtirok etgan ichki ishlar vazirligi yuqori mulozimi 30 yanvar kuni ma’lum qildi.

Adham Ahmadboev ishi dushanba, 29 yanvar kuni Toshkent shahar Yashnobod tuman sudiga olib chiqilishi kutilgan edi.

Ozodlik Adham Ahmadboevning juma oqshomida hibsga olingani haqida xabar bergandi.

Biroq, Ozodlik manbasi sobiq vazirning hibsga olinganidan ikki kun o‘tib nima uchun qo‘yib yuborilgani sababini bilmasligini bildirdi.

Sobiq ichki ishlar vaziriga jinoiy ish ochilganmi yoki yo‘qligi borasida Ozodlikda aniq ma’lumot mavjud emas.

O‘zbekiston hukumatiga yaqin bir manba Adham Ahmadboevning hozirda o‘z uyida ekanini bildirdi.

Shavkat Mirziyoev 22 yanvarda O‘zbekiston hukumati va parlamentining qo‘shma yig‘inida to‘rt soat davomida ma’ruza qilgan va o‘z nutqida Ahmadboevga alohida to‘xtalib uni sotqinlikda ayblagan edi.

Ozodlik Ahmadboev ishi yuzasidan voqealar rivojini kuzatishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG