Линклар

Шошилинч хабар
24 октябр 2018, Тошкент вақти: 06:02

MXX raisi Rustam Inoyatov icte’foga chiqarildi


Rustam Inoyatov MXXni salkam 23 yildan buyon boshqarib keladi

O‘zbekiston hukumatidagi bir biridan mustaqil ikki yuqori lavozimli mulozimning Ozodlikka ma’lum qilishicha, 30 yanvar oqshomida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining raisi, general-polkovnik Rustam Inoyatov o‘z vazifasidan iste’foga chiqarildi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida MXX va Bosh prokuratura xodimlarining 31 yanvar kungi selektr yig‘ini paytida e’lon qilindi.

Milliy xavfsizlik xizmatini salkam 23 yil boshqargan 73 yashar Rustam Inoyatovning o‘rniga O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.

52 yashar Ixtiyor Abdullaev 2015 yilning 21 aprelidan buyon Bosh prokuror vazifasini bajarib kelayotgandi.

O‘z navbatida, Ixtiyor Abdullaevning o‘rniga prezident davlat maslahatchisi 42 yashar Otabek Murodov tayinlandi.

Avvalroq, bu lavozimga bir necha shaxs, jumladan bir parlament a’zosi va bir davlat maslahatchisi nomzodi ko‘rib chiqilayotgani haqida Ozodlik turli manbalardan xabar olgandi.

Ozodlik suhbatlashgan ikki shaxs o‘z ko‘zi bilan Ixtiyor Abdullaevning 30 yanvar kuni Toshkentda qo‘riqchilar bilan yurganiga guvoh bo‘lganini aytdi.

Ozodlikka O‘zbekiston hukumatidagi va unga yaqin, bir biridan mustaqil bir necha manbadan ma’lum bo‘lishicha, Rustam Inoyatov iste’foga chiqish to‘g‘risida prezident Shavkat Mirziyoev nomiga 25 yanvarda ariza topshirgan.

O‘zbekiston hukumatining yuqori martabali mulozimi esa, prezident Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatiga safar qilishidan oldin general-polkovnik Rustam Inoyatov bilan to‘rt soat davomida suhbatlashganini bildirdi.

Rustam Inoyatov O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov vafot etganidan buyon hukumatda qolayotgan sanoqli davlat arboblaridan biri edi.

U raislik qilgan Milliy xavfsizlik xizmati hozir ham O‘zbekistonda eng yopiq va qudratli davlat idorasi hisoblanadi.

22 dekabrda O‘zbekiston hukumati va parlamentining qo‘shma yig‘ilishida ilk bor ma’ruza qilgan prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatdagi huquq-tartibot organlari, jumladan Milliy xavfsizlik xizmatini tanqid qilgan edi.

Ayni yig‘inda prezident Mirziyoev Milliy xavfsizlik xizmati vazifalari va vakolatlarini tartibga soluvchi "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif qilgandi.

XS
SM
MD
LG