Линклар

Шошилинч хабар
18 август 2018, Тошкент вақти: 08:21

"Mirziyoev islohotlariga baho berish" uchun Toshkentga kelgan AQSh mulozimi faollar bilan uchrashdi


AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha elchi Elis Uells.

1 fevral kuni AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha elchi Elis Uells Toshkentda fuqarolik jamiyat vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Ozodlikka uchrashuvda ishtirok etgan jurnalist Abdurahmon Tashanov xabar qildi.

“Davlat departamentining yuqori martabali mulozimi, asosan, prezident Mirziyoev siyosatining fuqarolik jamiyati vakillariga daxldor qismi, muammolar va yaqin istiqbolda kutilayotgan vaziyat bilan qiziqdi. Biz mamlakatdagi ijobiy qadamlar, shuningdek, dolzarb muammolar haqida gapirib berdik”, deydi Abdurahmon Tashanov.

Abdurahmon Tashanovning ta’kidicha, "amerikalik mehmonlarda prezident Mirziyoev tashlayotgan qadamlardan qoniqish, uni qo‘llab-quvvatlashga rag‘bat sezilgan".

Shuningdek, jurnalistga ko‘ra, Elis Uells O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev va O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev bilan uchrashgan. Ayni paytda Elis Uellsning prezident Mirziyoev bilan uchrashuvi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

AQSh Davlat departamenti joriy yil 29 yanvarida Elis Uellsning Toshkentga tashrifidan maqsad “prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan e’lon qilingan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonidagi progressni kuzatishdir” degan edi.

Yanvar oyi boshlarida Vashingtonga safar qilgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Karimov prezident Donald Trampning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Makmaster bilan uchrashgan edi.

Mirziyoev va Tramp hokimiyatga kelganidan beri 2017 yilda ikki marta –may oyida Saudiya Arabistonida o‘tgan sammit va Nyu-Yorkda sentabr oyida o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi doirasida uchrashgan, lekin yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazmagan.

XS
SM
MD
LG