Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:19

Eron “sinchisi”: Mabodo eringiz ursayam, oyoqlarini o‘ping


“Sekin oyoqlarini uqalang, quriting, so‘ngra ularni o‘ping”, dedi “sinchi”. (illyustrativ surat)
“Sekin oyoqlarini uqalang, quriting, so‘ngra ularni o‘ping”, dedi “sinchi”. (illyustrativ surat)

Erondagi davlat telekanallaridan biri o‘z ko‘rsatuvi orqali erlari tomonidan kaltaklangan ayollarga bergan "antiqa maslahati" uchun uzr so‘radi. Ko‘rsatuvda tahlilchi (sinchi)si sifatida ishtirok etgan eronlik ayolning "erlari urgan ayollar, kaltak yeganiga qaramay erining oyoqlarini o‘psin" qabilida aytgan gaplari eronliklar tomonidan tanqid qilindi.

"Mabodo eringiz narkoman bo‘lib, sizni ursa ham, shu ishni qiling va hayotingizda mo‘’jiza yuz beradi”.

Bu na turmush qurayotganlar uchun maslahat, na oila yoki din peshvolarining yordami va na namoz vaqtidagi amaldir.

Aksincha, Eron davlat televideniesi “sinchisi” eri kaltaklagan ayolga uning oyoqlarini uqalab qo‘yishni tavsiya qilmoqda.

Ushbu “dono fikrlar” televidenie rahbarlarining kamdan-kam hollarda so‘raydigan uzriga sabab bo‘ldi.

– Juma kuni tushdan keyin eringiz divan – qo‘ltiqda dam olayotgan payt uning oyoqlari ostiga chelak qo‘ying, – deydi o‘sha “sinchi” ayol. U tomoshabinlarga, eringizga uni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni isbotlamoqchi ekaningizni ayting, deb maslahat beradi.

–Sekin oyoqlarini uqalang, quriting, so‘ngra ularni o‘ping, – dedi u.

"Sinchi" ayolga ko‘ra, bu usul siqilishni ketkazadi, miyaga qon quyilishi va yurak xuruji oldini oladi.

Atirgul, dengiz tuzi yoki sut solingan suv bilan davolash usuli erlarni bir oy “bardam tutadi”, deydi u.

Ushbu ko‘rsatuv poytaxt Tehron shahrining janubi-sharqida joylashgan markaziy viloyat Yazdning davlat nazoratidagi televideniesi orqali namoyish etildi.

Uni ko‘plab eronliklar va fors tilida so‘zlashuvchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatdi va tavsiyalarni masxara qildi.

“Davlat ishida ishlovchi feministlar: mabodo bir oy davomida bardam yurishni istasangiz, sinchining maslahatiga amal qiling”, deb yozdi eronlik dissident jurnalist Iso Saharxiz ko‘rsatuv klipini Tvitterga qo‘yar ekan. “Davlat televideniesi sinchisi ayollarga erlarining oyog‘ini uqalab, o‘pib qo‘yishni maslahat bermoqda”.

U Eron a’yonlarini tanqid qilgani uchun qamoqda o‘tirib chiqqan.

30 yanvar kuni Eron davlat televideniesining Yazd viloyati filiali ko‘rsatuv uchun uzr so‘raganday bo‘ldi.

Yarim rasmiy ISNA axborot agentligi tarqatgan bayonotga iqtibosan keltirilishicha, Yazd viloyati rasmiylari “sinchi”ning “qismlarga bo‘lingan izohlari” ustidan qilingan shikoyatlarni qabul qildi. Ular “bugundan boshlab” ko‘rsatuvlar mazmuniga jiddiy e’tibor qilishni rejalashtirishga va’da berdi.

Din peshvolari ko‘pchilikni tashkil qiladigan mamlakatning davlat televideniesini eronliklar ham, siyosatchilar ham keskin tanqid qilib keladi, chunki ko‘rsatuvlar o‘ta zerikarli, voqealar bir tomonlama yoritiladi. Bu ham yetmaganday, Eron hokimiyat idoralarining qattiqqo‘l siyosat tarafdorlari qarashlari zo‘r berib targ‘ib qilinadi.

Bunday tanqid zodagonlarga qarshi yaqinda ro‘y bergan norozilik namoyishlari vaqtida yangragan edi. O‘sha voqealar mamlakatni larzaga keltirdi, o‘nlab kishilarning o‘limiga va minglab kishilarning hibsga olinishiga sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG