Линклар

25 феврал 2018, Тошкент вақти: 16:15

Science jurnalida chop etilgan izlanish natijalariga ko‘ra, qutb ayiqlari to‘q yurish uchun yetarlicha tyulen topa olmayapti.

Olimlarning aytishicha, sayyoramizning o‘rtacha harorati ko‘tarilishda davom etar ekan, ushbu muammo yanada keskinlashadi.

Tadqiqot mualliflari Bofort dengizida to‘qqiz urg‘ochi ayiqni bahor oylari davomida kuzatgan. Qutb ayiqlari aynan shu mavsumda ko‘p ovqatlanadi va yoz oylari uchun quvvat to‘playdi.

Olimlar ushbu ayiqlarning metabolizmi avval ishonilgandan 1,6 marotabaga tez ekanligini aniqlaganlar.

To‘qqiz ayiqning besh nafari 11 kun ichida yetarlicha ovqatlana olmagani uchun vazn yo‘qotgan.

«Ayiqlarning to‘rttasi tana massasining 10 yoki undan ko‘p foizini yo‘qotdi», deyiladi hisobotda.

Arktikada o‘rtacha harorat sayyoraning boshqa qismlariga solishtirganda ikki marta tezroq ko‘tarilmoqda. Bu esa qutb ayiqlarini o‘zlarining asosiy ozuqalari bo‘lmish yosh tyulenlarni ovlash uchun ko‘proq masofani bosib o‘tishga majburlamoqda.

Keyingi o‘n yil davomida qutb ayiqlarining jon saqlashi qiyinlashdi. AQSh Geologik tadqiqotlar markazi hisoblariga ko‘ra, qutb ayiqlari soni so‘nggi o‘n yil ichida 40 foizga qisqargan.

XS
SM
MD
LG