Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:51

Prezident 7 davlatdan boradigan sayyohlarga vizani bekor qildi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev farmoni bilan 10 fevraldan 7 davlat fuqarolari uchun viza bekor qilindi. Bundan buyon Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya, Isroil, Indoneziya, Singapur va Yaponiya fuqarolari 30 kunlik muddatga vizasiz O‘zbekistonga kelishi mumkin.

Gazeta.uz saytining hukumatdagi manbasiga tayanib xabar qilishicha, prezident «O‘zbekiston Respublikasi turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzolagan.

Shu tariqa, fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 16 taga yetadi.

Hozirga qadar jami 9 davlat fuqarolari vizasiz 60 kunlik muddatga O‘zbekistonga safar qilishi mumkin edi.

Bular: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Armaniston, Rossiya, Ukraina, Gruziya, Belorus va Moldovadir. Bu davlatlarning fuqarolari 60 kunlik muddatga vizasiz O‘zbekistonga kirishlari mumkin. Ayni paytda O‘zbekiston fuqarolari ham bu davlatlarga vizasiz borishlari mumkin.

Bundan tashqari, ayni farmon bilan prezident 39 davlat fuqarolari uchun sayyohlik vizalarini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirdi.

Jumladan, O‘zbekistonga keluvchilar uchun o‘zbekistonlik jismoniy yoki yuridik shaxsning Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi yoki turistik vaucherni taqdim qilishi bekor qilinadigan bo‘ldi. Shuningdek, bu davlatlar fuqarolariga vizani berish muddati 2 ish kuni qilib belgilandi.

Shu vaqtga qadar 15 davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizani soddalashtirilgan tartibda olayotgan edilar.

Shu tariqa, viza olish tartibi engillashtirilgan davlatlar soni 51taga yetdi. Bulardan 3 tasi - Malayziya, Turkiya va Yaponiya fuqarolari viza bekor bo‘ldi.

Qolganlari esa quyidagi davlatlardir:

Avstraliya, Albaniya, Andorra, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Vatikan, Vengriya, Gretsiya, Daniya, Hindiston, Irlandiya, Islandiya, Quvayt, Kanada, Litva, Xitoy, jumladan Gonkong, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Makedoniya, Malta, Monako, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, BAA, Ummon, Portugaliya, Ruminiya, San-Marino, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, AQSh, Finlyandiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Shvetsiya, Estoniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Polsha,Tailand, Fransiya, Chexiya, Shveysariya.

XS
SM
MD
LG