Линклар

Шошилинч хабар
20 октябр 2018, Тошкент вақти: 01:32

Peskov: Rossiya qaysi qurolni qaerga joylashtirishni o‘zi hal qiladi!


Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya harbiy resurslarini o‘z hududining qaeriga joylashtirishni o‘zini qiladi va bunga haqqi bor, deb aytdi. Bu bayonot Rossiyaning Boltiq dengizi bo‘yidagi eksklavi Kaliningrad viloyatiga yadro quroli tashuvchi “Iskandar” raketalarini joylashtirgani xususidagi xabarlar ortidan paydo bo‘ldi

Litva prezidenti Dalia Gribauskayte Rossiyaning qisqa radiusni qamrovchi “Iskandar” raketalari Kaliningrad viloyatiga, aytganimizday, doimiy joylashtirilmoqda”, dedi. Dmitriy Peskov 6 fevralda ushbu bayonotga javoban yuqoridagi izohni berdi.

Gribauskayte Litva markazidagi Rukla shahridagi NATO qo‘shinlari joylashgan yerga tashrif buyurgandan so‘ng raketalarni joylashtirish nafaqat Litva, qolaversa, “Yevropa mamlakatlarining yarmi”ga tahdid solishini aytdi.

Rossiya Davlat dumasining Mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanov 5 fevralda raketalar joylashtirilganini tasdiqladi:

– Rossiya hududida bir yoki boshqa qurolni joylashtirish, harbiy qismlarni joylashtirish Rossiya Federatsiyasining suveren huquqidir, – deb bayonot berdi Peskov 6 fevral kuni. – Buning uchun xavotirga tushish shart emas.

Oldinroq Pentagon o‘rtacha radiusni qamroqchi Rossiya raketalarining ushbu mamlakatning Yevropa hududida joylashtirilishiga e’tiroz bildirgan hamda bu holni qurol-yarog‘larni nazorat qilishi mo‘ljallangan “O‘rtacha uzoqlikdagi yadro qurollari to‘g‘risidagi shartnoma”ning “ruhi va maqsadi”ni buzish deb atagan edi.

AQSh harbiylarining qayd etishicha, Rossiya oldinroq raketalarini NATOga a’zo mamlakatlar va ushbu harbiy tashkilotning mas’uliyat zonasiga kiruvchi inshootlarga atay tahdid solish uchun joylashtirgan edi.

1987 yili imzolangan shartnomaga qisqa radiusni qamrovchi raketalar (500 – 1000 km) va ularni uchiruvchi vositalar, shuningdek, o‘rtacha uzoqlikni qamrovchi raketalar (1000 – 5500 km) kiradi.

NATO bosh kotibi o‘rinbosari Rouz Gottemyuller, agar raketalarning Kaliningradga joylashtirilayotgani rost bo‘lsa, bu “o‘ta jiddiy masala” deb aytdi.

“Iskandar” raketalari oddiy yoki yadro kallagi bilan moslashtirilishi va radiusi 500 kilometrgacha bo‘lgan hududni qamrashi mumkin.

XS
SM
MD
LG