Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:40

Falcon Heavy raketasi Tesla avtomashinasini fazoga olib chiqdi (VIDEO)


AQShning SpaceX shirkati Falcon Heavy deb nomlangan og‘ir raketa tashuvchining tajriba parvozini amalga oshirdi. 6 fevral kuni Floridadagi Kennedi koinot markazidan turib uchirilgan raketa so‘nggi o‘n yillikdagi eng og‘ir va eng katta raketa bo‘ldi.

Raketa parvozidan taxminan 8 daqiqa o‘tganidan so‘ng raketaning ikki yonboshidagi tezlashtiruvchi moslamalar yerga qaytdi va Keyp Kanaveral harbiy havo bazasiga vertikal ravishda qo‘ndi. Mazkur moslamalardan boshqa raketalarni uchirishda ham foydalansa bo‘ladi.

Falcon Heavy raketasi ochiq koinotga yuk sifatida SpaceX shirkati Mars sayyorasiga jo‘natishni nazarda tutgan qizil Tesla avtomashinasini olib chiqdi.

Uchta tezlashtiruvchi moslama va 27 dvigatelga ega Falcon Heavy NASAning 1960 yillar oxiri va 1970 yillar boshlarida avstronavtlar bilan oyga uchirilgan raketalaridan keyin dunyodagi eng og‘ir va eng kuchli raketa bo‘ldi.

АҚШда сўнгги бир неча ўн йилликнинг энг катта ва оғир ракетаси коинотга учирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:05 0:00

Raketa Florida shtatidagi Kanaveral burnidan tomoshaga kelganlar olqishlari ostida fazoga uchdi.

1960-1970 yillarda aynan shu yerdan «Apollon» missiyalari Oyga uchgan edi.

27 kuchli dvigatelga ega raketa o‘z bortida Maskning qizil Tesla elektromobili va unga o‘rnatilgan manekenni olib ketdi.

SpaceX jonli ravishda vebkast qilgan videoda Tesla avtomobili Devid Bouining «Space Oddity» ashulasi qurshovida fazoda parvoz qilayotganini ko‘rish mumkin.

Elektromobilga Ayzek Azimovning ilmiy-fantastika janridagi kitoblarining elektron nusxasi hamda SpaceX shirkatining 6 000 ishchisi ismi yozilgan taxtacha o‘rnatilgan.

Raketa parvoz qilganidan ikki daqiqacha vaqt o‘tib, ikki yon kuchlantiruvchi yerga bir paytda qaytib qo‘ndi. Uchinchi, ya’ni markaziy buster okeanga qo‘nishi rejalashtirilgan edi. Hozircha uchinchi kuchlantiruvchi statusi noma’lum.

Falcon Heavy fazoga o‘zi bilan 64 tonna yuk olib chiqa oladi. Raketa shu kungacha yaratilgan eng quvvatli raketa emas. Bundan avval yanada kuchliroq raketalar yaratilgan, ammo ular hozirdan foydalanilmaydi.

Maskning aytishicha, raketadan uzoq fazo missiyalarini yuk va asbob-uskuna bilan ta’minlashda foydalaniladi.

XS
SM
MD
LG