Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:23

Mirziyoev uchun “Potemkin qishloqlari” yaratilmoqdami?


O‘zbekiston prezidentining viloyat va tumanlarga safaridan oldin ushbu hududlarni bo‘yab bezatish¸ mavsum va iqlimga to‘g‘ri kelmaydigan anvaoy chechaklar ekish urf bo‘lmoqda. Siyosiy lug‘atga “Potemkin qishloqlari” deya kirgan bu holat o‘zbekchada xo‘jako‘rsin degan ma’noni beradi. Bugungi “Qurultoy” mavzusini Mirziyoev uchun “Potemkin qishloqlari” yaratilmoqdami degan savol ustiga qurdik.

Мирзиëев учун “Потемкин қишлоқлари” яратилмоқдами?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:01 0:00

1787 yilda Rossiya qirolichasi Yekaterina ikkinchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilganida knyaz Potemkin faneradan bo‘lgan¸ ko‘chma obod qishloqlarni hukmdor ko‘zi tushadigan joylarga qo‘ygani ortidan¸ ko‘zbo‘yamachilik o‘rnagi o‘laroq “Potemkin qishloqlari” termini iste’molga kirdi.

Karimov davrida mukammal shakliga erishgan “Xo‘jako‘rsinchilik” Mirziyoev davrida ham davom etayotgani kuzatilmoqda.

Andijonda Mirziyoev tashrifidan oldin 77 kilometr uzunlikdagi Andijon-Xonobod avtomobil yo‘li bo‘yidagi uy va binolarning fasadi bezalayotgani haqida mahallliy tadbirkorlar Ozodlikka bildirishdi. Ularga ko‘ra¸ tomlarning ko‘cha qismi bo‘yalib, qurilishi chala binolar tunuka bilan to‘sib qo‘yilgan.

Qurultoyda qatnashgan jurnalist Alimardon Annaev¸ bloger Botir Hasanov va muxolif partiya vakili professor Otanazar Oripovlar “Onangni otangga bepardoz ko‘rsatma” degan maqolga ishora qilib “ko‘zbo‘yamachilik” illati millat zehniyatiga singib ketganidan bahs qilishdi.

Eshittirish yakunida taniqli rassom Vyacheslav Oxunovning Ozodlikka ilgari aytgan mana bu gapi yangradi

“Bugungi rassomlarga ayanch borliq va odam o‘rtasiga guldor parda osish talabi qo‘yilmoqda. Mening nazarimda¸ haqiqiy rassom bu guldor pardani yirtishi va odamlarga voqelikni to‘laligicha ko‘rsatishi lozim¸ degan edi Ozodlik bilan suhbatda taniqli o‘zbek rassomi.

XS
SM
MD
LG