Линклар

Шошилинч хабар
19 август 2018, Тошкент вақти: 01:01

Mirziyoev Surxondaryoni talaganlikda ayblagan MXX podpolkovnigi hibsga olindi


MXX podpolkovnigi Nodir To‘raqulov

O‘tgan yilning sentabr oyidan beri “Davlat to‘ntarishga urinishda” gumonlanib hibsda qolayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaevni tergov qilayotgan O‘zbekiston MXX tergov boshqarmasi tergovchisi¸ adliya podpolkovnigi Nodirbek Dilmurodovich To‘raqulov va ayni boshqarma tergovchisi adliya mayori Veselov Aleksandr Aleksandrovich ishdan chetlashtirilgan.

Bu haqda Ozodlikka huquq faoli Sur’at Ikromov o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Ikromovning 8 fevral kuni Ozodlikka aytishicha¸ MXX rasmiylari o‘ziga bu ikki MXX zobiti “mahbusni tergov paytida qiynash¸ jinoyat ishini soxtalashtirish¸ noqonuniy hibsga olish kabi qonunga zid harakatlari bois ishdan chetlashtirilganini bildirgan.

7 fevral kuni Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekiston huquq tartibot organlaridagi bir-biridan mustaqil ikki mulozim ham ayni ma’lumotni bildirgan edi.

O‘zbekiston huquq tartibot organlarida ishlaydigan mulozimga ko‘ra¸ Bobomurod Abdullaevni hibsga olishda qatnashgan barcha MXX zobitlari ishdan chetlashtirilgan va ulardan shaharni tark etmaslik haqida tilxat olingan. Suhbatdoshga ko‘ra¸ MXX tergovchisi Nodirbek To‘raqulovga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida hibs qo‘llangan.

Ozodlik hozircha To‘raqulovning hibsga olingani haqida rasmiy ma’lumotga ega emas.

To‘raqulov Bobomurod Abdullaevni tergov qilgan.
To‘raqulov Bobomurod Abdullaevni tergov qilgan.

Prezident g‘azabiga duch kelgan MXX zobiti

Surxondaryo viloyati huquq-tartibot idoralaridan birida ishlaydigan zobitning aytishicha¸ Nodirbek To‘raqulov respublika MXXsining Surxondaryo viloyat boshqarmasi tergov bo‘limida boshliq bo‘lgan paytidagi qilmishlari yuzasidan so‘roq qilinmoqda. Suhbatdosh ta’kidicha¸ To‘raqulov prezident joriy yil 19 yanvar kuni Qiziriq tumani hokimligi binosida Surxondaryo viloyati faollari bilan o‘tkazgan uchrashuvida ayni viloyat MXX boshqarmasi faoliyatini tanqid qilgani ortidan qo‘lga olingan.

- To‘raqulovning 2015 yilda Surxondaryoda qilgan qilmishlari fosh bo‘lib lavozimi pasaytirilgan edi. Mirziyoev davrida u eski aloqalarini ishlatib respublika MXX tergov boshqarmasiga ishga kirib olgan edi¸ deydi mahalliy mulozim.

Unga ko‘ra¸ To‘raqulov Surxondaryo MXX boshqarmasida ishlagan paytida o‘z qarindoshlariga viloyatdagi foyda keltiradigan korxonalarni olib bergan:

-To‘raqulov asli andijonlik bo‘lib, u sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov akasining qiziga uylangan. U kishi Surxondaryo viloyat MXXBga ishga kelgandan so‘ng “Surxon oziq-ovqat ta’minoti” OAJ egasi Erkin Norqobilovning qizini akasining o‘g‘liga olib berdi. Shundan keyin To‘raqulov viloyatdagi tadbirkorlarning molu mulklarini turli yo‘llar bilan tortib olib¸ qudasi Erkin Omonovich tasarrufiga o‘tkazdi¸ deydi mahalliy mulozim.

Bu iddaoni tasdiqlagan O‘zbekiston huquq tartibot organlarida ishlaydigan mulozimga ko‘ra¸ To‘raqulov Surxondaryo viloyat «Xolodilnik» tashkilotini va viloyatning turli tumanlarida har biri 4,5 milliard so‘m turadigan 12 ta “Metan” va 12 ta “Propan” "zapravka"larini reyder yo‘li bilan qudasi Erkin Norqobilovga olib bergan.

Ozodlik Surxondaryo viloyat «Xolodilnik» tashkilotinining shu kunda ham MXX zobiti To‘raqulovning qudasi Norqobilov mulki ekanini aniqladi. Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Chegara harbiy qo‘shinlariga oziq – ovqat mahsulotlari “Xolodilnik” tashkiloti orqali ta’minlanadi.

O‘zbekiston huquq-tartibot organlarida ishlaydigan mulozimning aytishicha¸ shu kunlarda MXX zobiti To‘raqulovning 2014 yilda «Sho‘rchi Don mahsulotlari» zavodini zo‘rlik bilan jiyaniga olib bergani va «Denov aroq vino zavodi» egalarini qiynoqqa solgani borasidagi epizodlar bo‘yicha tekshiruv ketmoqda.

Мирзиëев Сурхондарëни талаганликда айблаган МХХ подполковниги ҳибсга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:10 0:00

MXXning Surxondaryo viloyatini talon-taroj qilgani haqida viloyat faollari bilan 19 yanvar kungi uchrashuvda mamlakat prezidenti ham gapirgan edi :

- Qancha og‘ir bo‘lmasin¸ bu Surxondaryoga taalluqli. Surxondaryo chirib ketgan bu masalada. Bitta biznesmen kelmagani shu uchun. Bulardan qo‘rqib kelmagan. Keldimi¸ darrov qamardi. Bu palonchini odami¸ bu pistonchini odami. Bu hokimning pul beradigan odami. San kimsan? San pul bermaydiganmiding? G‘ulomov degan iplosing, u sotqining pora boshida o‘zi o‘tirardiku, - deydi Ozodlik ixtiyoriga yuborilgan audioyozuvda prezident jumladan.

Ozodlik bilan suhbatlashgan mulozim prezident ta’kidlagan “hokimni tazyiq qilgan MXX boshlig‘i” 2017 yilda respublika MXX raisining 1-o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov bilan bir kupeda jinoiy javobgarlikka tortilgan:

- Prezident 2017 yilgacha Surxondaryo viloyat MXX boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Ibragimov Nodirjon Ergashevich haqida gapirdi. Nodirjon Ergashevich 2017 yili keng ko‘lamda narkobiznesni krishovat qilgan¸ degan ayb bilan Toshkentdagi «Gvardeyskiy» izolyatoriga olib ketilganidan keyin srok oldi. Uni respublika MXX raisi o‘rinbosari Shuxrat G‘ulomov tuzgan OPG (uyushgan jinoiy guruh) a’zosi deb ayblashdi. Lekin Surxondaryo MXX tergov bo‘limi boshlig‘i Nodirbek To‘raqulov bu g‘alvalardan ancha oldin kichik bir hayfsan bilan qutulib qoldi. Eski aloqalarini ishga solib respublika MXXga ishga joylashdi. Prezidentning Qiziriqdagi raznosidan keyin To‘raqulovning eski ayblarini eslab qolishdi¸ deydi mulozim.

Keyingi ikki oy ichida O‘zbekiston MXXsi mamlakat prezidenti tanqid nishoniga aylandi.

22 dekabrda O‘zbekiston hukumati va parlamentining qo‘shma yig‘ilishida ilk bor ma’ruza qilgan prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatdagi huquq-tartibot organlari, jumladan, Milliy xavfsizlik xizmatini tanqid qilgan edi.

Ayni yig‘inda prezident Mirziyoev Milliy xavfsizlik xizmati vazifalari va vakolatlarini tartibga soluvchi "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif qilgandi.

XS
SM
MD
LG