Линклар

Шошилинч хабар
19 август 2018, Тошкент вақти: 01:00

M. Eshonqulova: Facebook tarmog‘ida tanilgan Akrom Malikov (Abdulloh Nusrat) 6 yilga qamaldi


Huquq faoli Malohat Eshonqulova​ hisbdagi jurnalist Bobomurod Abdullaev ishiga aloqador ko‘rilgan 27 yashar tadqiqotchi olim Akrom Malikov (taxallusi: Abdulloh Nusrat)ni ozod etishini so‘rab, Mirziyoevga murojaat qildi. Faolning aniqlashicha, Malikov O‘zbekiston JKning 159, 244-moddalari bilan ayblanib, 2017 yilning 13 yanvarida 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Jurnalist va huquq faoli Malohat Eshonqulova O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevga murojaatini 6 fevral kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

Murojaat ortidan Ozodlikka intervyu bergan faolning aytishicha, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qo‘lyozmalar instituti tadqiqodchisi bo‘lgan, 27 yashar navoiyshunos olim Akrom Malikov shu kunda Navoiy viloyatidagi qamoqxonalardan birida jazo o‘tamoqda.

- Men Bobomurod Abdullaev bilan yuzlashtirish uchun MXXning Gvardeyskiy tergov hibsxonasiga olib kelingan, degan xabardan keyingina bu bolaning taqdiri bilan qiziqdim. Oxiri, qidirib-qidirib topib, uyiga bordim va uning qamalganidan xabardor bo‘ldim. Ammo, ota-onasiga advokati hech kimga xabar bermanglar, deganiga sukut saqlab o‘tirishgan ekan. Meni ham onasi arang qabul qildi uyiga, - deydi jurnalist.

Eshonqulova Akrom Malikov ustidan Toshkent viloyati jinoiy ishlar sudi chiqargan hukmni ko‘rgani, unga binoan, Malikov "asosan, muxolifatchi Muhammad Solihga aloqadorlikda ayblanib" qamalgan.

Akrom Malikov 2016 yilning 22 iyulida qo‘lga olingan edi. Uning hibsga olinish sabablari va unga nisbatan qo‘yilgan ayblov jamoatchilikka noma’lum qolayotgan, oilasi esa matbuot bilan muloqotdan bosh tortayotgan edi.

Toshkent viloyatining Pskent tumanidan bo‘lgan Akrom Malikov hibsga olinguniga qadar Abdulloh Nusrat taxallusi ostida Internetda e’lon qilgan maqolalari bilan tanilgan. O‘z maqolalarida muallif O‘zbekistondagi boshqaruv usuli va rahbarlarni ochiq tanqid qilgan.

Bundan tashqari, uning Abdulloh Nusrat taxallusi ostida yozgan qator maqolalari muxolifatdagi O‘zbekiston xalq harakati saytida ham chop etilgan.

Ozodlik tadqiqotchi hibsga olingach, uning oilasidan munosabat olishga uringan, ammo bu urinish natija bermagan edi. (Oila hanuz matbuot bilan aloqa qilishdan mutlaqo bosh tortmoqda - tahr.)

Ammo, oradan bir yildan ortiq vaqt o‘tib - 2017 yilning kuzida Malikovning yaqinlari Ozodlikka bog‘landi va uning 2017 yining 9 oktabr kuni hisbdagi jurnalist Bobomurod Abdullaev bilan yuzlashtirish uchun MXXning Gvardeyskiy tergov hibsxonasiga olib kelinganini ma’lum qildi.

2018 yilning fevraliga kelib, Malikovning onasi bilan qisqagina gaplashishga muvaffaq bo‘lganini aytgan Malohat Eshonqulovaga ko‘ra, hibs jarayonida oilasi Akromni himoya qilish uchun yollagan advokatlar qabul qilinmagan va uni davlat advokati himoya qilgan.

- Advokat va tergovchilar Akrom Malikovning ota-onasiga matbuotga, ayniqsa, xorij matbuotiga xabar qilmanglar, deb qattiq tayinlagan ekan. Onasi ham: "Bu haqda xabar bermanglar, uni qamoqda qiynashlari mumkin! Prokuror 12 yil so‘ragan bo‘lsa-da, biz jim bo‘lganimiz uchun unga 6 yil berishdi", dedi menga. Lekin, men huquq faoli sifatida ko‘p yillik tajribamdan bilamanki, bunday va’dalarning hammasi sarob - sukut saqlash bu yoshgina umrni qutqarmaydi. Hozir, Akrom Navoyidagi qamoqxonada ohak qoplayotgan ekan, - deydi Malohat Eshonqulova.

Quyida jurnalist va huquq faoli bilan suhbatni tinglang:

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:16 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Bobomurod Abdullaev ustidan borayotgan tergov ishiga shu paytgacha to‘rt kishi tortilgan.

Bulardan biri O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qo‘lyozmalar instituti tadqiqodchisi bo‘lgan 27 yashar Akrom Malikovdir. U 2016 yilning yozida ushlangan bo‘lsa-da, 2017 yilning oktabrida Bobomurod Abdullaev bilan yuzlashtirilgani Ozodlikka ma’lum.

Shuningdek, 2017 yilning 1 oktabridagi sud ajrimida yana ikki kishi - Bobomurod Abdullaevning Usmon Haqnazarov taxallusi bilan yozgan maqolalari uchun ma’lumotlarni “qo‘riqlanadigan davlat amaldorlari”ga yaqin bo‘lgan Ravshanbek Solaev va Shavkatjon Olloyorovlardan olgani aytilgan.

Inson huquqlari faoli Sur’at Ikromovga ko‘ra¸ bu ikki fuqaro 28 sentabr kuni MXX tezkor guruhi tarafidan qo‘lga olingan.

2017 yilning 27 sentabrida Toshkentda qo‘lga olingan 44 yoshli mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaevning o‘zi O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 159- moddasining 4 qismida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) ayblanmoqda.

3 oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida "O‘zbekiston Xalq harakati" rahbari Muhammad Solih Bobomurod Abdullaev Usmon Haqnazarov taxallusi ostida maqolalar e’lon qilib kelgan jurnalist ekanini ma’lum qilgan edi.

44 yashar jurnalist Bobomurod Abdullaev bir qator mustaqil nashrlar¸ xususan "Farg‘ona” axborot agentligi bilan hamkorlik qilgan¸ shuningdek sport sharhlovchisi sifatida ham tanilgan.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi, Chegara bilmas muxbirlar, Xalqaro Pen klub, Amnesty International va Human Rights Watch tashkilotlari jurnalist Bobomurod Abdullaevni ozod qilish talabi bilan chiqqan.

XS
SM
MD
LG