Линклар

Шошилинч хабар
17 август 2018, Тошкент вақти: 14:52

OzodDayjest: Toshkentda erga tegish ilinjidagi ayol o‘g‘ilchasini sotishga urindi


Xabarlarga ko‘ra, 4 yoshli bolasini sotishga uringan ayol Yakkasaroy tuman sudi hukmi bilan 5 yilga qamalgan.

O‘zbekiston poytaxtida 4 yoshli bolasini 2000 dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi. Farg‘onalik vatandosh xotinini haqorat qilgan qo‘shnisini yoqib yubordi. Toshkentda chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqish millionlab so‘m xarajat talab qiladi.

_____________________________________________________________

25 yoshli ayol turmushga chiqa olmayotgani vajidan 4 yoshli bolasini sotishga harakat qildi

Toshkentdagi Janubiy vokzal hududi yaqinida 4 yoshli bolasini 2000 AQSh dollariga sotishga uringan ayol va uning sherigi qo‘lga olindi (“Adolat”, 2018 yil 5-son). 1992 yil Qashqadaryoda tug‘ilgan ayol eri bilan ajrashgach, 4 yoshli o‘g‘li bilan Toshkent viloyatiga ko‘chib kelgan. Ismi oshkor etilmagan ona o‘g‘li sabab turmushga chiqa olmayotgani vajidan farzandini sotishga qaror qilgan. Xaridor topishda esa unga Bo‘stonliq tumanida yashovchi ayol yordam bergan. Zangiota tumanida yashovchi ancha yillardan beri farzand ko‘rmay kelayotgan ayol dastlab 4 yoshli bolani sotib olishga ahd qiladi. Biroq keyinroq niyatidan qaytib bu haqda ichki ishlar idoralariga xabar beradi va bola sotishga uringan ona va unga yordam bergan ayol qo‘lga olinadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi sudyasi Temur Qosimovga ko‘ra, bolasini sotmoqchi bo‘lgan ona 5 yil, unga yordam bergan ayol esa 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Farg‘onalik vatandosh xotinini haqorat qilgan qo‘shnisini yoqib yubordi

Farg‘ona viloyati qishloqlaridan biri ro‘y bergan janjal qotillik bilan yakunlandi (“Huquq”, 8 fevral). Bu haqda viloyat prokuraturasi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi Muzaffar Mamajonov xabar beradi. Ikki qo‘shni – Rafiq Shermatov va Shokir O‘sarov ko‘p yillardan beri o‘zaro janjallashib kelgan. R.Shermatov safarga ketganida Sh.O‘sarov uning uyiga borib, xotinini uyatsiz so‘zlar bilan haqorat qilgan. R.Shermatov safardan qaytgach, dastlab Sh.O‘sarov bilan birga ichkilikbozlik qilgan. So‘ng Sh.O‘sarov mast bo‘lib qolgach, uning ustiga avvaldan tayyorlab qo‘ygan plastmassa idishdan benzin quyib, yondirib yuborgan. Tanasi kuyib ketgan Sh.O‘sarov 4 kundan keyin shifoxonada vafot etgan. Jinoiy ishga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqish millionlab xarajat talab qilmoqda

Toshkent shahridagi tug‘ruqxonalardan chaqaloqlarni olib chiqish tantanali marosimga aylanib ulgurdi (“Hurriyat”, 7 fevral). Yangi dunyoga kelgan go‘daklarni olib chiqish uchun xorijiy rusumdagi hashamatli mashinalar ijaraga olinmoqda. Maqolada yozilishicha, bitta chaqaloqni yo‘qlash uchun kelinning ota-onasi bir necha million so‘m mablag‘ sarflaydi: beshik (130 ming so‘m), bolalar aravachasi (500 ming so‘m), velosiped (190 ming so‘m), o‘yinchoqlar (400 ming so‘m), manej (750 ming so‘m), turli mavsum uchun kiyimlar (1 million so‘m), maxsus tort va pishiriqlar (500 ming so‘m). Bundan tashqari, kuyovning ota-onasi, boringki, butun oila a’zolariga sarpo qilish talab etiladi. Qayd etilishicha, boy tabaqa o‘ylab topgan ushbu yangi odatlarga rioya etishga uringan o‘rtahol va kambag‘allar qarz bo‘lib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG