Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:17

OzodDayjest: Rossiya elchisi Karpovning o‘ldirilishini “adolatli” deb baholagan surxondaryolik 5 yilga qamaldi


Surxondaryolik Olim Xidirov Feysbukda ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilganlikda ayblangan.
Surxondaryolik Olim Xidirov Feysbukda ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilganlikda ayblangan.

Ijtimoiy tarmoqda ekstremizm targ‘ibotida ayblangan sho‘rchilik ustidan hukm o‘qildi. O‘zbekistonda dori-darmon bozorining 74 foizi import hisobidan qondirilmoqda. Alisher Navoiy robotlar xaqida ilmiy bashorat qilgan. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

_____________________________________________________________

Feysbukda ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib etishda ayblangan surxondaryolik 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Feysbukda videomurojaatlar e’lon qilib, ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib etib kelgan Olim Xidirov jinoyatlar ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi hukmiga binoan 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi (“Darakchi”, 8 fevral). 1969 yili Surxondaryo viloyatning Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan O.Xidirov IShID, “Hizbut tahrir” kabi radikal tashkilotlar faoliyati targ‘ib etilgan videorolik va matnlarni ham tarqatib kelgan. 2016 yil 23 dekabr kuni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karpovning o‘ldirilishi butun dunyoda terroristik akt sifatida tan olingan edi. Qayd etilishicha, Olim Xidirov rossiyalik diplomatning qatlini “adolatli ijro” deb atagan. Xabarga ko‘ra, O.Xidirovning uyida huquq-tartibot organlari tintuv o‘tkazganida, xalifalik davlatini tuzishga da’vat etuvchi, O‘zbekiston davlat tuzumiga qarshi kayfiyatdagi varaqalar topilgan.

Mahalliy dori shirkatlari asosan xorijdan tayyor mahsulot olib kelib qadoqlash bilan shug‘ullanmoqda

O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari hali ham asosan xorijdan tayyor mahsulot olib kelib qadoqlash bilan shug‘ullanmoqda, tizimda zamonaviy texnologiyalar umuman qo‘llanilmayapti (“Oila davrasida”, 8 fevral). Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokidagi yig‘ilishda farmatsevtika sohasining bugungi holati tanqidiy baholangan. Ichki bozordagi talabning 74 foizi import hisobidan qondirilmoqda. Holbuki, import qilinayotgan 6 ming 824 nomdagi xorijiy dorining yarmidan ko‘pini O‘zbekistonda ishlab chiqarish mumkin. Joriy yil yilda 1000 ta ijtimoiy dorixona va farmatsevtika yo‘nalishida 7 ta erkin iqtisodiy zona tashkil etish bo‘yicha hujjat qabul qilingan bo‘lsa-da, bu borada hali amaliy ishga o‘tilmagan. Yig‘ilishda sohadagi vaziyatni o‘nglash lozimligi ta’kidlangan.

“Alisher Navoiy televizor, konditsioner, eskalator xususidagi farazlarni ilgari surgan”

Ayni kunlarda tavalludining 577 yilligi nishonlanayotgan ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy zamonaviy texnologiyalari xususidagi ilmiy farazlarni ilgari surgan (“XXI asr”, 8 fevral). Qayd etilishicha, shoirning donishmandlikka yo‘g‘rilgan baytlari qatiga ilmiy kashfiyot va farazlar singdirib yuborilgan. “She’riyat sultoni taxayyul otida shunchalar uzoqlarga parvoz etolganki, uning oldida nafaqat tezlik, balki vaqt – asrlar ham chikora”, deb yozadi gazeta. Maqolada aytilishicha, Navoiy televizor, robot, eskalator, batiskaf, dvigatel, konditsioner kabi zamonaviy qurilmalar haqidagi ilmiy farazlarni bayon etgan. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida g‘aroyib timsollar jilva etadigan “oynai jahon” haqida so‘z boradi. “Sab’ai sayyor”da esa eskalator va lift haqidagi farazlar ilgari surilgan. Qayd etilishicha, Navoiy shu tariqa 1892 yili amerikalik kashfiyotchi Jessi Reno yasagan eskalatorning nazariy asoslarini bir necha asr avval bayon etgan. Maqolada Navoiy ijodida bunday ramzlar, o‘z davri uchun g‘ayrioddiy bo‘lgan qurilmalar haqidagi bashoratlar behisob ekani qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG