Линклар

Шошилинч хабар
19 октябр 2018, Тошкент вақти: 09:47

OzodNazar: MXX o‘rniga boshqa idoraning "jazo mashinasi"ga aylanmasligiga kafolat bormi?


O‘zbekistonlik taniqli jurnalist¸ “Dunyo o‘zbeklari” sayti muharriri Ismat Xushev¸ ayni kunlarda prezident Shavkat Mirziyoevning asosiy tanqidi nishoniga aylangan Milliy xavfsizlik xizmati¸ uning lavozimidan bo‘shatilgan qudratli rahbari general Rustam Inoyatov haqida ellikdan oshiq maqola muallifi.

Alohida kitobga to‘planadigan bu maqolalarda¸ Xushev ta’kidicha¸ MXXning Inoyatov raisligida O‘zbekiston milliy xavfsizligi emas¸ balki xalqni doimiy qo‘rquvda ushlash orqali Islom Karimov va uning bir guruh sheriklarini o‘lguncha hokimiyatda saqlash mashinasiga aylantirilgani hikoya qilinadi.

Ozodlik bilan suhbatda MXX jinoyatlarini hammadan ko‘p yoritganini urg‘ulagan Ismat Xushev¸ Shavkat Mirziyoevning Rustam Inoyatovni bu tizim rahbarligidan chetlatib¸u yaratgan “jazo mashinasi”ni buzish harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini aytadi.

Ayni paytda jurnalist¸ MXX¸ qolaversa¸ O‘zbekistonning bugungi vaziyati uchun mas’ul idoralar faoliyati¸ uni boshqarganlar xalq oldida ochiq¸ shaffof mahkamaga tortilmasa¸ millat 25 yillik "qo‘rquv saltanati"dan saboq chiqarib¸ bu saltanatni yaratganlar¸ unga xizmat qilganlar xalq oldida tavbaga keltirilmasa¸ bu jazo mashinasi o‘rnini boshqasi egallamasligiga kafolat yo‘qligini ham e’tirof etadi.

“Dunyo o‘zbeklari” muharriri bilan suhbatni to‘lig‘icha quyida tinglang.

"МХХ жиноятлари учун жавоб берадиган¸ хориждаги ўзгача фикрловчилар қайтадиган кунлар яқин!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:25:00 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG