Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:50

NASA 100 ga yaqin yangi sayyorani aniqladi


NASAning “Kepler” teleskopi olisdagi ob’ektlarni, jumladan, sayyoralarni aniqlash uchun fazoga chiqarilgan. Teleskop o‘ziga yuklangan vazifani shu kungacha juda yaxshi uddalab kelmoqda.

Olimlar “Kepler” yana 95 ta yangi sayyora aniqlaganini e’lon qilishdi. Bu bilan teleskop topgan yangi sayyoralar soni 2400 dan oshdi.

O‘zining eng muhim vazifasini bajarib bo‘lgan “Kepler” fazo bo‘ylab sayohatini davom ettirmoqda va yangi ob’ektlarni aniqlamoqda.

Olimlar “Kepler” 2014 yildan beri Yerga jo‘natgan ma’lumotlarni tahlil qilib, ularda 149 ekzoplaneta aks etganini aniqlaganlar. Ularning 95 tasi haqida insoniyatga avval ma’lum bo‘lmagan

Yangi aniqlangan sayyoralarning ayrimlari Yerdek kichik, ayrimlari esa Yupiterdan ham yirikdir. Aniqlangan sayyoralarning biri esa eng yorug‘ yulduz atrofida aylanadi. Bu juda muhim, chunki yorug‘ yulduzlarni aylanuvchi sayyoralarni o‘rganish nisbatan osondir.

Aniqlangan sayyoralar Yerdan bir necha ming yorug‘lik yili masofada bo‘lgani uchun ularda hayot bor yoki yo‘qligini aniqlash juda mushkuldir. Teleskoplar yanada mukammallashar ekan, ular haqida ko‘proq ma’lumot olishga muvaffaq bo‘linadi. Ammo hozircha ular mavjudligi aniqlandi xolos.

XS
SM
MD
LG