Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:23

ShOShILINCh: O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olindi


Rashid Qodirov
Rashid Qodirov

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mulozimining Ozodlikka bildirishicha, mamlakat sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov 22 fevral kuni Toshkentda hibsga olingan.

Ayni paytda¸ Ozodlikka bir-biridan mustaqil Toshkent mulozimlarining bildirishicha¸ Qodirovning 42 yashar o‘g‘li Alisher Qodirov o‘n kuncha avval O‘zbekistondan qochib ketgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati 22 fevral kuni Qodirovning hibsga olinganidan "hozircha xabari yo‘q"ligini bildirdi.

Shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan Bosh prokuratura xodimi¸ 22 fevral kuni mahalliy vaqt bilan kunning ikkinchi yarmida "ayni daqiqalarda 64 yashar sobiq bosh prokuror o‘zi rahbarlik qilgan idora binosida so‘roq qilinmoqda"¸ deya xabar qildi.

Ayni mulozimning aytishicha¸ Qodirovga yaqin bo‘lgan ikki nafar prokuratura sobiq rahbari ham qo‘lga olingan.

(Hozircha Ozodlik qo‘lga olingan bu sobiq mulozimlar shaxsini aniqlashtirishga urinmoqda.)

Rashidjon Qodirov oilasiga yaqin boshqa bir mulozimning aytishicha, Qodirovning hibsga olinganidan "oila-a’zolari chuqur qayg‘uga botgan."

Bosh prokuraturadagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, Rashidjon Qodirovga nisbatan "yirik miqdorda davlat mulkini o‘zlashtirish va xorij banklari vositasida pul yuvish amaliyotlarini o‘tkazish" aybi qo‘yilgan va unga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining mahalliy vaqt bilan kechki soat 8:30 larda Ozodlik bog‘langan mulozimi¸ bu voqeadan xabari yo‘qligi bois¸ xabarni na tasdiqlash va na inkor qilishini bildirdi.

"Agar shunday voqea bo‘lgan bo‘lsa va biz undan xabar topsak¸ ertaga tafsilotlarini aytishimiz mumkin"¸ dedi matbuot xizmati mutasaddisi Ozodlik muxbiriga.

Bosh prokuraturaga 15 yil rahbarlik qilgan Rashidjon Qodirov 2015 yil aprel oyida ishdan bo‘shatilgan edi.

Huquq idoralari faoliyatini tanqid qilishni prokuraturadan boshlagan prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 2 avgust kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘inida¸ prokurorlarni "eng katta o‘g‘ri"lar deb atagan va buning uchun ismini ochiqlamay turib¸ Qodirovni ayblagan edi.

- Mana biz yangi Bosh prokurorni qo‘ydik va 80 foiz odamni o‘zgartirdik. Oldingi qolgan axlatdan¸ oldingi Bosh prokuror qoldirgan o‘g‘ri tizimdan 20-15 foiz odamlar yuripti. Bularni baribir o‘zgartiramiz oxirigacha¸" degan edi jumladan Mirziyoev.

Шавкат Мирзиеев 7 январ 2017 прокуратура ходимлари олдиди чиқиши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:46:53 0:00
Бевосита линк

Korrupsiya iddaolari

Rashid Qodirovning Bosh prokuror sifatidagi faoliyatidan yaxshi xabardor mulozimlarning Ozodlikka aytishicha¸ Qodirov O‘zbekistondagi yashirin boylardan biridir. Ozodlik muxbirlari ko‘rgan Latviya ko‘chmas mulk reestlariga doir hujjatlarga ko‘ra, Rashid Qodirov oilasi bu mamlakatda hashamatli uylarga egalik qiladi.

Ozodlik tasarrufidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanida faoliyat olib borayotgan va bir martalik shpritslar hamda boshqa dori-darmonlar ishlab chiqaradigan “Asia Trade” shirkati muassisi Rashid Qodirovning o‘g‘li Alisher Qodirovdir.

KGBdan chiqqan prokuror

1952 yili Andijonda tug‘ilgan, ToshDU (Milliy Universitet) huquq fakultetini tugatgan Rashidjon Hamidovich Qodirov 1980 yildan boshlab O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati (KGB) tergov bo‘limida ishlagan.

Andijon oblasti partiya qo‘mitasi sobiq sekretarining o‘g‘li Rashid Qodirov 1992 yilda O‘zbekiston MXX rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi. 1994 yili esa O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimini egallaydi.

2000 yilda bosh prokuror etib tayinlangan Qodirov bu vazifada ikki muddat ishlaganidan keyin 2010 yilda mamlakat parlamenti tomonidan uchinchi marta lavozimida qoldiriladi.

Rashid Qodirov 1-darajali davlat adliya maslahatchisi maqomiga ega.

XS
SM
MD
LG