Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:22

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning musulmonlar ustidan nazorat qiluvchi rahbari ishdan olindi


Toshkentdagi "Minor" masjidi
Toshkentdagi "Minor" masjidi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rais o‘rinbosari O‘tkir Hasanboev 22 fevral kuni ishdan olindi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan ayni idoranig ismi aytilishini istamagan mulozimi Hasanboev masjidlar faoliyati nazorati bilan shug‘ullanganligini aytdi. Unga ko‘ra¸ Hasanboev Toshkent Islom universiteti va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’sul bo‘lgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ishdan olingan mulozimini yaxshi tanigan O‘zbekiston musulmonlar idorasi rahbarlaridan birining Ozodlikka aytishicha¸ Hasanboev “musulmonlar bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilib, kuch ishlatar idoralar va MXXga tahlilnomalar yozish bilan shug‘ullangan qudratli shaxs “ bo‘lgan. Unga ko‘ra, “Hasanboevning ketishi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning MXX ta’sir doirasidan chiqishini” bildiradi.

Qo‘mita ko‘chirildi

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Hasanbaev “boshqa ishga o‘tganligi” bois ishdan olingan. Mulozimga ko‘ra¸ u ishlaydigan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 22 fevral kuni Vazirlar mahkamasi binosidan chiqarib yuborilgan. Qo‘mita rasmiy saytida aytilishicha, “Bundan buyon idora Qodiriy ko‘chasi 11- uy, ya’ni Islom universiteti binosining bir xonasida faoliyat olib boradi”.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida diniy-ma’rifiy eshittirishlar olib boradigan jurnalistning 23 fevral kuni Ozodlikka aytishicha¸ “Hasanboevning qo‘mitadan, Aydarbek Tulepovning esa, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarligidan olinishi bu tizimlarni MXX nazoratidan qutqarib, musulmonlar erkinligini ta’minlash yo‘lidagi hukumat olib borayotgan ish samarasidir”.

"Erta sevinmaylik"

Ozodlik suhbatlashgan Namangan va Toshkentdagi masjid imom noiblari “Bu ikki qo‘rqinchli rahbardan qutulganidan sevinganligini aytishdi. Ayni paytda Toshkentdagi “Tinchlik” masjidi imomi Shermurod Tog‘ay “pogonlilar ketganidan so‘ng imomlar zimmasiga tushadigan mas’uliyat yuki” haqida Ozodlikka gapirdi:

- Chunki Xudo ko‘rsatmasin¸ musulmonlar ustiga bir ochko‘zrog‘i o‘tirib qoladigan bo‘lsa, pora olishi mumkin. O‘zaro kelishmovchilik paydo bo‘lishi mumkin. Mana shu kunlarda odamlar to‘da-to‘da bo‘lib¸ "menga falon domlani almashtirib berasan"¸ "falon masjidga falonchini qo‘yasan", deb talab qo‘yganini eshitdim. Endi xavfsizlik xodimlarining bir ishi shundan iborat ediki¸ ular mana shunaqa odamlarga umuman yo‘l bermasdi. Gapning to‘g‘risi¸ hech qaysisini biror joyga yaqinlashtirmasdi ham. Endi Ollohning o‘zi 1989 yilgi voqealarni qaytarmasin. O‘sha paytda muftiyga va boshqa rahbarlarga itoat qilish mutlaqo yo‘q bo‘lib ketuvdi. Har kuni¸ har kim o‘nta -yigirmata odamni orqasiga ergashtiririb to‘polon qilardi. Bugun ham, erkinlik berildi deb, o‘zimizdan ketmasak xo‘p-xo‘p¸ lekin aksi bo‘lsa MXX yana qaytib bizni nazoratiga oladi¸ dedi Toshkentdagi “Tinchlik” masjidi imomi.

Дин ишлари бўйича қўмитанинг мусулмонлар устидан назорат қилувчи раҳбари ишдан олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:28 0:00

Masjid "MXX quloqlaridan" tozalanmoqda

17 fevral kuni O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepov ishdan olingan edi. Idoradan olingan ma’lumotga ko‘ra, aynan Tulepov Milliy xavfsizlik xizmatining (MXX) bu tashkilotdagi kuratori vazifasini bajarib kelgan. Bundan tashqari, toshkentlik bir necha diniy xizmatchi MXXning masjidlarga biriktirilgan kuratorlari ham chaqirib olinganini aytmoqda.

Ayni paytda, Toshkentdagi masjidlardan birida ishlaydigan imom noiblaridan birining Ozodlikka aytishicha, prokuratura xodimlari shu kunlarda masjidlardagi "MXX ayg‘oqchilari"ni aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.

"Prokuraturaning odamlari masjidlarda yuribdi, MXXning ayg‘oqchilarini aniqlayapti", dedi ismini oshkor etishni istamagan imom noibi.

XS
SM
MD
LG