Линклар

Шошилинч хабар
15 декабр 2018, Тошкент вақти: 17:38

O‘zbekiston Bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari ustidan jinoyat ishi ochildi


Sobiq prokuror Ulug‘bek Sunnatov

O‘zbekiston Bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari¸ 45 yashar adliya polkovnigi Ulug‘bek Sunnatov ustidan jinoyat ishi ochilgan.

Sunnatov joriy yilning 24 fevralida o‘zining Toshkentdagi xovlisida Prokuratura xodimlari guruhi tarafidan qo‘lga olinib, so‘roq qilinmoqda.

2017 yil oxiridan boshlab Toshkent viloyat prokurori bo‘lib ishlagan Ulug‘bek Sunnatov joriy yilning 5 yanvarida O‘zbekiston prezidentining topshirig‘i bilan ishda yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasida ishlaydigan va ismi aytilishini istamagan xodimning 26 fevral kuni Ozodlikka bildirishicha¸ Sunnatov 23 fevral kuni hibsga olingan sobiq Bosh prokuror Qodirov ishi doirasida ushlangan.

"Ulug‘bek Sunnatov ushlangani" va hozir Bosh prokuratura binosida "so‘roq qilinayotganligini" aytgan O‘zbekiston kuch ishlatar tizimlaridan birida ishlaydigan zobitga ko‘ra¸ Bosh prokurorining sobiq o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining "Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish" (205-modda) va "Pora olish" (210-modda) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinmoqda.

Shuningdek, Ulug‘bek Sunnatov O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi raisligidan ham ozod qilingan. Ayni idora mulozimining 26 fevral kuni Ozodlik muxbiriga bunday dedi:

“Ulug‘bek Jalilovich lavozimidan ozod qilindi. U kishi ustidan jinoyat ishi ochilib, qamoqqa olinganidan keyin tezgina majlis o‘tkazib Milliy paralimpiya rahbarligidan ozod qildik”.

Prokuratura matbuot xizmati Sunnatovning qo‘lga olinganini inkor qilmadi

O‘zbekiston Bosh orokuraturasi matbuot xizmati xodimi Vohid Sharopovning 26 avgust kuni Ozodlikka aytishicha¸ “Rashid Qodirov ishi doirasida ushlab turilganlar haqidagi ma’lumotlar tergov siri bo‘lgani bois oshkor qilinmaydi”.

Ozodlik muxbirining O‘zbekiston Bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Sunnatov ushlandimi degan savoliga¸ Sharopov “Men buni inkor qilmayman”, deb javob berdi.

Ўзбекистон Бош прокурорининг собиқ ўринбосари устидан жиноят иши очилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00

Ichkariga olingan "Bulbuligo‘yolar"

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida ishlaydigan va ismi sir qolishini istagan mulozimning 26 fevral kuni Ozodlikka aytishicha¸ sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov O‘zbekiston MXXsi sobiq raisi Rustam Inoyatovga qarshi bergan ko‘rsatmadan keyin Ulug‘bek Sunnatovni ushlash haqida Bosh prokuratura farmoyish bergan.

"Yaqinda Shavkat Miromonovich ko‘cha jargonida «ichkariga olingan» amaldorlar «bulbuldek sayrayotgani» haqida gapirgan edi¸ eshitgandirsiz. Sobiq prokuror ham hozir bulbulday sayratilib yangi-yangi amaldorlar ichkariga olinishiga sabab bo‘lyapti. Sunnatovni ham uning ko‘rsatmasiga ko‘ra¸ ichkariga olishdi¸ deya iddao qildi mulozim.

Qashqadaryo prokurorining to‘xtatilgan parvozi

Adliya polkovnigi Ulug‘bek Sunnatov 2014 yilgacha Qashqadaryo viloyat prokurori bo‘lib ishlab kelgan. 2014 yilda Sunnatov O‘zbekiston prezidenti farmoniga binoan, o‘sha paytda O‘zbekiston Bosh prokurori bo‘lib ishlagan va shu kunlarda poraxo‘rlikda gumonlanib hibsda qolayotgan Rashidjon Qodirovga o‘rinbosar qilib tayinlangan edi.

Sunnatov Bosh prokuror o‘rinbosari va Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bosh boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan.

2017 yilning 21 noyabrida Ulug‘bek Sunnatov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinib, Toshkent viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi.

Oradan 45 kun o‘tib Sunnatov prezident tanqidiga uchradi va “mas’uliyatsizligi, vazifasiga nisbatan sovuqqonligi va ishda yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun" egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Qodirov ishi doirasidagi “qama-qamalar”?

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, mamlakat sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olinib¸ unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasida ishlaydigan va ismi aytilishini istamagan xodimning iddao qilishicha, bu jinoyat ishi doirasida “o‘nlab mulozimlar so‘roq qilinmoqda¸ ular orasida Toshkent shahar sobiq prokurori ham bor”.

Ayni paytda Ozodlik “sobiq Bosh prokuror ishi” doirasida hibsga olinganlar haqida ma’lumotlarni yig‘moqda.

Siz bu jarayonga bevosita aloqador bo‘lsangiz¸ marhamat¸ tafsilotlarni Ozodlik bilan o‘rtoqlashing.

XS
SM
MD
LG