Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2018, Тошкент вақти: 08:01

Chegaraoldi hududi aholisi o‘zbek-tojik chegarasidan vizasiz o‘tib-qayta boshladi


O‘zbek-tojik chegarasining 27 fevral kungi manzarasi.

Tojikiston shimolidagi Konibodom va O‘zbekistonning Beshariq tumanlarini bog‘lovchi “Patar-Andarxon” nazorat o‘tkazish punkti ochilishi ortidan, o‘zbek va tojik fuqarolari chegaradan bemalol o‘tib qarindosh-yaqinlari bilan diydor ko‘​risha boshladi.

O'n yil oldin O'zbekiston tashabbusi bilan bekitilgan ushbu o‘tkazish punkti ikki hafta oldin ochildi.

Hozirda ushbu chegaraoldi tumanlari aholisi ikki davlat chegarasidan vizasiz o‘tib¸ 30 kilometrdan uzoq bo‘lmagan hududda besh kungacha qolish va harakatlanish imkoniga ega.

80 yashar beshariqlik Mayrambibi Xolmatovaning Ozodlikka aytishicha, 15 yillik ayriliqdan so‘ng nihoyat, u tojikistonlik yaqinlari bilan ko‘rishishga muyassar bo‘ldi.

Uzoq tanaffusdan so‘ng chegaraning narigi tomoniga o‘tishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonliklar.
Uzoq tanaffusdan so‘ng chegaraning narigi tomoniga o‘tishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonliklar.

“Ukam Turg‘unboy Yuldoshev Konibodom shahrida yashardi. U 1991 yil 50 yoshida vafot etdi. Jiyanlarim No‘monjon va Risqigul bu yerda yashaydi. Uzoq ayriliqdan keyin ularning diydorini ko‘rdim,”- dedi Mayrambibi Xolmatova.

Ayni damda, “O‘zbekiston 24” telekanalining xabar berishicha, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari “Oybek” nazorat o‘tkazish punkti orqali ham vizasiz bordi-keldi qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

O‘zbek telekanali xabariga ko‘ra¸ “Oybek” posti orqali Tojikistonga Angren, Bekobod shaharlari va Toshkent viloyatining Bekobod, Pskent, Ohangaron va Bo‘ka tumanlari aholisi, O‘zbekistonga esa So‘g‘d viloyatining Bobojon G‘ofurov, Mastchoh va Asht tumanlari aholisi 45 kunlik muddatga vizasiz o‘tishi mumkin.

21 fevral kuni O‘zbekiston hukumati Tojikiston bilan chegaralarda bitta temir yo‘l va sakkizta avtomobil nazorat o‘tkazish punktlari faoliyatini qayta jonlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 9-10 mart kunlari Tojikistonga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda. Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida vizasiz bordi-keldi to‘g‘risidagi shartnomaning ham imzolanishi rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG