Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:47

Bosh prokuratura Sunnatov va Fayzievning ushlangani haqidagi Ozodlik xabarlarini tasdiqladi


Bosh prokuraturaning 2 mart kungi bayonoti.
Bosh prokuraturaning 2 mart kungi bayonoti.

2 mart kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi saytida e’lon qilingan “Ommaviy axborot vositalari diqqatiga” deb nomlangan rasmiy baënotda¸ Ozodlik 26 -27 fevral kunlari tarqatgan xabarlar tasdiqlandi.

O‘zbekiston huquq tizimlaridagi bir-biridan mustaqil manbalariga tayanib Ozodlik O‘zbekiston Bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari¸ 45 yashar adliya polkovnigi Ulug‘bek Sunnatovning 24 fevral kuni hibsga olinganini xabar qilgan edi.

27 fevral kuni esa Toshkent viloyatining sobiq prokurori, adliya katta maslahatchisi Jamshid Fayzievning 23 fevraldan 24 fevralga o‘tar kechasi Shayxontohur tumanidagi hovlisidan prokuraturaning maxsus guruhi tarafidan qo‘liga kishan¸ boshiga esa qop kiygizilib olib ketilgani haqida Ozodlik xabar tarqatgan edi.

Ozodlikka shaxsi sir qolish sharti bilan gapirgan Toshkent mulozimlari bu ikkala amaldorning sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov ishi doirasida ushlanganini bildirgan edi.

2 mart kuni bu ikkala xabarni bitta bayonot orqali tasdiqlagan Bosh prokuratura matbuot xizmati:

- Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha bosh prokurorning sobiq o‘rinbosarlari hamda Toshkent viloyatining sobiq prokurorlari J.Fayziev va U.Sunnatov ushlangan, deb yozdi.

Mazkur bayonotda Bosh prokuratura “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq tergov organi dastlabki tergovni olib borish vaqtida jinoyat ishidagi barcha ma’lumotlarni yoki uning muayyan qismidagi ma’lumotlarni oshkor qilinmaydigan deb e’tirof etishga haqli ekanligini” ham ma’lum qildi.

Ayni paytda¸ “mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov sirini tashkil qilmaydigan qo‘shimcha axborotlar vujudga kelishi barobarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy saytida tegishli ma’lumotlar chop etib borilishi”ni ham va’da qildi.

XS
SM
MD
LG