Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:32

OzodNazar: Dabdabali to‘ylar baribir bo‘laveradi!


O‘zbekiston Madaniyat vaziri muovini sifatida bundan buyon Ozodbek Nazarbekov to‘yga bora olmaydimi?
O‘zbekiston Madaniyat vaziri muovini sifatida bundan buyon Ozodbek Nazarbekov to‘yga bora olmaydimi?

O‘zbekiston prezidenti Navoiy viloyatiga safar qilgan 2 mart kuni Ozodlikka yuborilgan audiofaylda Shavkat Mirziyoev "ertaga Senat"ning davlat amaldorlarining to‘y-hashamlariga borishini taqiqlovchi qarori chiqarajagini bildirgan edi.

Jumladan¸ prezident "tug‘ilgan kunini nishonlagan¸ to‘y-hashamga borgan amaldorlarni qamayman!" deya masalani har qachongidan ko‘ra qattiq qo‘ygan edi.

O‘zbekistonning uzoq va yaqin tarixida “dabdabali to‘ylarni” cheklash urinishlari bo‘lgan.

Xususan¸ Buxoro amiri Muzaffarxonning “serchiqim to‘y” o‘tkazganlarni jazolash talabi bilan chiqqani tarix kitoblarida eslanadi. Turkiston jadidlari Behbudiy¸ Avloniy¸ Qodiriy¸ Fitrat va Hamza asarlarida ham dabdabali to‘ylar tanqid qilingan.

Sovet hukumati o‘zining ilk yillarida “dabdabali to‘y o‘rniga ixcham komsomol to‘ylari o‘tkazish”ni targ‘ib qilgan edi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ham to‘ylarni cheklash bo‘yicha samarasiz harakatlar kuzatildi.

Lavozimini suiiste’mol qilayotgan rahbarlar, oyog‘i yerdan uzilgan, manmanlikka berilib ketgan havoyi mansabdorlarning nomaqbul harakatlari mahallalarda, istiqomat joylarida sog‘lom muhit buzilishiga sabab bo‘lmoqda, oddiy odamlarning nafsoniyatlariga tegmoqda, ularni adolatga, umuman davlat hokimiyatiga ishonchiga ziyon etkazmoqda. Mazkur intilishlarning nosog‘lom musobaqaga aylanib ketish hollari dabdabali to‘y-hashamlarni o‘tkazishga qurbi yetmagan or-nomusli kishilarni og‘ir ahvolga tushirmoqda”.

Shavkat Mirziyoevning bugun aytayotgan gaplariga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan bu iqtibos O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning 1998 yil 28 oktabrida imzolagan farmonidan olindi. Farmon prezident O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlagan Murod Qurolov o‘ta dabdabali to‘y berganini qoralab gapirganidan keyin chiqqan va bu to‘y ortidan Qurolov jinoiy javobgarlika tortilgan edi.

Bir necha yil o‘tib, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi bu borada fatvo qabul qilgan¸ xususan¸litsenziyali otinoyilar vositasida to‘ylarni nazorat qilishga uringan edi.

Biroq prezident farmoni ham, musulmonlar idorasi fatvosi ham kimo‘zar poygaga aylangan to‘ylarni jilovlay olmayotgani, dabdabali to‘y sohiblari davlat amaldorlarinig o‘zi ekani aytib kelinadi.

O‘zbeklar etno-psixologiyasini o‘rgangan psixolog olim Mahmudjon Yo‘ldoshev Ozodlik bilan suhbatda “siyosiy qarorlarga qaramasdan dabdabali to‘ylar baribir bo‘laveradi” degan ishonchdaligini bildirdi.

Olimga ko‘ra¸ “jamoaviy zehniyat qulligini bir qaror bilan yo‘q qilish qiyin."

OzodNazar: Дабдабали тўйлар барибир бўлаверади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:07 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG