Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2018, Тошкент вақти: 21:35

19 mart kuni Tojikiston parlamenti quyi palatasining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida fuqarolarning o‘​zaro bordi-keldilari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim ratifikatsiya qilindi.

20 mart tongdan boshlab yuzlab o‘zbekistonlikning Tojikiston hududiga o‘ta boshlagani xabar qilindi.

Xususan¸ Janubiy Tojikistondagi Boxtar shahrida yashovchi Islomiddin Aslonov ertalab O‘zbekistonning Chodak mintaqasidan 20 nafar qarindoshi “Navbunyod” o‘tkazish punktidan o‘tib, Dushanbega kelganini aytadi.

“Chodak qishlog‘idan yigirma kishidan ko‘proq odam Tojikiston hududiga o‘tdi. Chegaralarda ularga biron qiyinchilik, muammo bo‘lmadi. Yaxshi kutib oldik. Ular hozir Tojikistonda bemalol yurishibdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Imomali Rahmonga rahmat deyishayapti,” - dedi Islomiddin Aslonov.

Ayni paytda¸ 20 mart kuni ertalab Toshkentdan samolyot orqali yuzlab o‘zbekistonlik Dushanbega keldi.

Tojikiston turizmni rivojlantirish qӯmitasi mas’ul xodimlari o‘zbekistonlik mehmonlarni alohida iltifot bilan kutib oldi.

16 mart kuni Prezident Imomali Rahmon buyrug‘i bilan Dushanbedan avtomobillar karvoni Samarqand va Buxoro shaharlariga yo‘l olgan edi.

Karvonda jurnalistlar, teleoperatorlar, ziyolilar, sayyohlik shirkatlar rahbarlari va “Skay tur” turistik shirkatining doimiy mijozlari bor.

Ushbu karvon Tojikistondagi “Skay Tur”sayyohlik shirkati va “Raxsh Taksi 3333” shirkati tomonidan tashkil etildi.

O‘zbek-tojik chegarasidagi aksar o‘tkazish punktlaridan ikki tomonga o‘tib-qaytish boshlangani haqidagi xabarlar bilan bir paytda¸ Tojikistoning Tursunzoda va O‘zbekistonning Sariosiyo o‘tkazish punktida o‘zbekistonliklarning Tojikistonga o‘tishlarida to‘siqlar yuzaga kelgan aytilmoqda.

Tojikiston Milliy xavfsizlik qӯmitasi qoshidagi Chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jaev Ozodlik bilan suhbatda bunday xabarlarni rad etdi.

“Tojikiston tomonidan o‘zbek fuqarolarining mamlakatga kirishlariga biron to‘sqinlik yoki cheklov yo‘q. Bugun ertalab O‘zbekiston bilan chegaradagi barcha o‘tkazish punktlarida yuzlab o‘zbek vatandoshlari bemalol Tojikistonga o‘tib kelmoqdalar. O‘zbekiston bilan chegara postlarida biron muammo yo‘q”-dedi Ulug‘xo‘jaev.

Joriy yilning 9-10 mart kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida fuqarolarning o‘zaro bordi-keldilari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolangan edi.​

XS
SM
MD
LG