Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:56

Putin Kemerovodagi yong‘in qurbonlari xotirasiga milliy motam e’lon qildi


Putin yong‘in chiqqan savdo markazini bevosita borib ko‘rdi.
Putin yong‘in chiqqan savdo markazini bevosita borib ko‘rdi.

28 mart - Kemerovodagi yong‘in qurbonlari xotirasi uchun¸ prezident Putin farmoniga ko‘ra¸ butun Rossiya bo‘ylab milliy motam kuni deb e’lon qilindi.

26 mart kuni kechqurun Kemerovo shahriga borgan Putin fojia munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘inni qurbonlar xotirasiga sukut saqlashdan boshladi va qurbonlarning oila a’zolari va yor-birodarlariga ta’ziya bildirdi.

Kemerovodagi chiqishida Putin «Zimnyaya vishnya» savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in aybdorlarini topib jazolashni va’da qildi:

- Bizda nimalar bo‘layapti? Bu urush maydoni emas, biror shaxtadi kutilmagan metan gazi sirqib chiqib ketishi emas. Odamlar bu yerga hordiq chiqargani kelgan bo‘lgan. Oralarida bolalar bo‘lgan. Demografiya haqida gapirib kelayapmiz va shuncha odamni nima uchun yo‘qtodik? Jinoiy loqaydlik¸ mas’uliyatsizlik tufayli yo‘qotdik, - dedi jumladan Putin.

Putin buyrug‘i bilan yong‘in sabablari va uning aybdorlarini o‘rganish uchun tashkil etilgan maxsus guruhga 100 ga yaqin tergovchi jalb etildi.

25 mart kuni yuzaga chiqqan yong‘in oqibatida jami 64 odam nobud bo‘ldi¸ ularning 41 nafari bolalardir.

Kemerovo oblasti gubernatori Aman Tuleev savdo markazida chiqqan yong‘in uchun shaxsan prezident Putindan kechirim so‘radi.

Seshanbadan beri Kemerovoda stixiyali tarzda boshlangan norozilik namoyishi davom etmoqda. Unda qatnashayotgan minglab shaharliklar mintaqa rahbarlari iste’fosini talab qilmoqda.

Tuleev¸ namoyishchilarni birovlarning musibatidan siyosiy maqsadlarda foydalanishda aybladi.

Xalqaro hamjamiyat Rossiyaga yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirmoqda. Mamlakatga hamdardlik yo‘llaganlar orasida AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Isroil kabi o‘nlab davlat, Rim papasi ham bor.

26 mart kuni Rossiya rasmiylari savdo markazida xavfsizlik qoidalari qo‘pol buzilgani haqida bildirgan edi. Xususan, markazda ayrim evakuatsiya eshiklari to‘silgan bo‘lgan.

Rossiyadagi halokatli yong‘inlar.
Rossiyadagi halokatli yong‘inlar.

Rossiya Tergov qo‘mitasi yong‘in «Zimnyaya vishnya» savdo markazining 4-qavatida joylashgan kinoteatr yo‘lagidan boshlanganini taxmin qilmoqda.

Tergov qo‘mitasi yong‘in nimadan kelib chiqqani hali noma’lum ekanligini, hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochilganini bildirdi.

Qo‘mita rasmiylariga ko‘ra, to‘rt nafar odam, jumladan, savdo markazini ishlatgan shirkat direktori hamda yong‘in o‘chog‘i bo‘lgani taxmin qilinayotgan ofisdan foydalangan shirkat yetakchisi qo‘lga olingan.

Yong‘in oqibatida markazning 1500 kvadrat metrdan ko‘proq hududi yonib kul bo‘lgan. Sovet Ittifoqi davrida qurilgan binoda 2013 yilda ochilgan savdo markazining umumiy maydoin 23 ming kvadrat metrni tashkil qilgan.

Rossiyada yong‘in tufayli jabr ko‘rganlar soni nisbatan yuqori bo‘lib, buning sababi beparvolik, xarajatlarni qisqartirishga urunishlar, korrupsiya hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslikdir.

Yong‘in va qutqarish xizmatlari xalqaro birlashmasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholisi Rossiyanikidan deyarli ikki barobor ko‘p bo‘lgan AQShda 2014 yil 3 275 odam yong‘in tufayli halok bo‘lgan. Rossiyada esa ayni yilda yong‘inlar 10 068 odam umriga zomin bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG