Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:15

D. Ishoqova: Bobomurod Abdullaev oxirgi sudga ko‘tarinki ruhda keldi!


Bobomurod Abdullaev sudi boshlanishi oldidan, 15 mart, 2018 yil
Bobomurod Abdullaev sudi boshlanishi oldidan, 15 mart, 2018 yil

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida 26 mart kuni jurnalist Bobomurod Abdullaev, blogger Hayotxon Nasriddinov hamda ikki tadbirkor Ravshan Salaev, Shavkatjon Olloyorovlar ustidan mahkama davom etdi. Unda ko‘rsatma bergan Bobomurod Abdullaev o‘ziga nisbatan qiynoqlar, xususan, "tergovchilar aybini bo‘yniga olmasa, 70 yoshli onasini ko‘z o‘ngida zo‘rlashini" aytib tahdid qilganini aytdi.

Sudda qatnashgan faol Dilorom Ishoqovaga ko‘ra, jurnalist Abdullaev sudda 2005 yilga qadar Usmon Haqnazarov taxallusi bilan e’lon qilingan maqolalarning bir qismini yozgani, biroq O‘zbekistondagi davlat tuzumini ag‘darishga chaqiriqlar bo‘lgan qismi muallifi emasligini aytgan.

Bundan tashqari, u O‘zbekiston Xalq harakatiga aloqasi yo‘qligi, Turkiyada yashayotgan muxolifat lideri Muhammad Solihga material to‘plashda yordam bermagani, aksincha, Solih bergan ma’lumotlardan foydalanganini aytgan.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:32 0:00
Бевосита линк

26 mart kungi mahkamada Toshkentda o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanga borgan chet ellik va chet eldagi o‘zbekistonlik jurnalistlar, huquq faollari va diplomatlarning ko‘pchiligi ishtirok etdi.

Jumladan, sudda kuzatuvchi bo‘lgan Markaziy Osiyo bo‘yicha moskvalik ekspert Arkadiy Dubnov jarayonda 60 odam qatnashgani, sudga kirish uchun hech qanday to‘siqlar bo‘lmaganini bildirdi.

Sud zalida sudlanuvchilarning qarindoshlari, huquq faollari, xalqaro kuzatuvchilar, mustaqil jurnalistlar bo‘lgan.

Jurnalist Bobomurod Abdullaev, blogger Hayotxon Nasriddinov hamda tadbirkorlar Ravshan Salaev, Shavkatjon Olloyorov ustidan sud jarayoni 7 mart kuni boshlangan.

O‘shanda hakam qiynoq qo‘llanilgani to‘g‘risidagi bayonot ortidan Abdullaevga nisbatan sud qaytadan tibbiy ekspertiza o‘tkazishni tayinlagan, ammo 15 mart kungi mahkamada ekspertiza qiynoqlar qo‘llanilganini tasdiqlamagani e’lon qilingan edi.

XS
SM
MD
LG