Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:40

Ozodlik xabari ortidan Toshkent shahar hokimligi piyozni bepul tarqatishga qaror qildi


“Toshkent shahri aholisini va ijtimoiy soha, kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi, harbiy muassasalar va ularning hodimlarini bepul piyoz bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Toshkent shahar hokimi, Toshkent shahar prokurori, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari –Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, Toshkent shahar DSB boshlig‘i hamda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi 2018 yil 4 aprel kuni qo‘shma Qarorni imzoladi”, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi rasmiy sayti 4 aprel kuni.

Hokimlik Axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur qaror “O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 20 oktyabrdagi “2017-2018 yillar qish-bahor faslida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3345-son qaroriga muvofiq” qabul qilingan.

Qaror, shuningdek, “bahor fasli erta kelganligi, havo xarorati keskin isib ketishi oqibatida tegishli mutasaddi idoralarning zaxiraga g‘amlangan piyozning sifati o‘zgarishi mumkinligi haqidagi xulosalarini inobatga olib, shuningdek ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida” qabul qilingan.

Qo‘shma qarorga binoan, Toshkent shahri aholisini va ijtimoiy soha, kammunal va xizmat ko‘rsatuvchi, harbiy muassasalarga zaxira saqlovida mavjud bo‘lgan piyoz maxsulotining bepul yetkazib berilishini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgani;

bepul piyozning o‘z vaqtida, to‘liq va manzilli yetkazib berilishida muassasa va mahallalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilangani;

Davlat sanitariya-epidemologiya nazorati markazi, Toshkent shahar veterinariya boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan bepul tarqatilayotgan piyoz mahsulotining sifati buzilmagan holda yetkazilishi nazoratga olingani aytilgan Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati bayonotida.

Hokimlikning piyozga oid qarori to‘g‘risidagi xabari Ozodlik “Toshkent shahar hokimligi zaxirasidagi ko‘kargan piyozni o‘qituvchilarga pullamoqda”, degan sarlavha ostida 3 aprelda e’lon qilgan maqola ortidan paydo bo‘ldi.

Maqola ijtimoiy tarmoqlarda “Hokimlikning chirigan piyozini olgan bo‘lardingizmi?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan.

Hokimlikning “Toshkent shahar hokimligi zaxirasidagi ko‘kargan piyozni o‘qituvchilarga pullayotgani rad etildi”, degan sarlavha ostidagi xabarida bunday deyilgan:

“2018 yilning 3 aprel kuni xorijiy nashrlarda xususan Ozodlik radiosi orqali tarqatilgan “Hokimlikning chirigan piyozini olgan bo‘lardingizmi?” nomli maqola nashr etildi.

Xabarda 2018 yil 30 martdan Toshkent shahridagi xalq ta’limi bo‘limlari maktab o‘qituvchilariga majburan piyoz sotilayotganligi, shahar hokimligi zahirasidagi piyoz ko‘karib¸ chiriy boshlagani bois bozorda o‘tmaganidan uni o‘qituvchilarga sotish bilan bog‘liq noto‘g‘ri axborot berilgan”.

Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, piyoz 4 aprelgacha maktab o‘qituvchilariga majburiy sotilmagan, balki ular piyozni savdo yarmarkalarida o‘z ixtiyori bilan sotib olgan.

“Joriy yilning 4 apreliga qadar tuman xalq ta’limi boshqarmalarida ixtiyoriy savdo yarmarkalari tashkil qilinib piyozning narxi 800 sumdan sotilgan.

Vaziyatni o‘rgangan Toshkent shahar hokimligi mutasaddi vakillari piyozni talab darajasida iste’molga yaroqli ekanini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar”, deyilgan Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabarida.

XS
SM
MD
LG