Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 20:17

OzodDayjest: “Imtiyozsiz qolgan charm korxonalari xonavayron bo‘lish arafasida”


Illyustrativ surat.

O‘zbekiston prezidentining 2009 yil boshida chiqargan “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2018 yil 1 yanvaridan o‘z kuchini yo‘qotishi charm ishlab chiqarish korxonalarni kasod bo‘lish yoqasiga olib kelib qo‘ygan. Namangan viloyatiga safar qilgan Kun.uz muxbiri bu holatga o‘zi guvoh bo‘lgan.

Uning yozishicha, Namangan viloyatida 2017 yil yakunlari bo‘yicha “charm mahsulotlari bilan ishlash yo‘nalishidagi 79ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular 11,4 mln. dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda ishlab chiqarilgan 638,8 ming dollarlik charm-poyabzali va teri mahsulotlari jahon bozorlarida sotilishiga, erishilgan”.

Bundan yutuqqa O‘zbekiston prezidentining 1050-sonli qarorida belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar tufayli erishilgan. Biroq mazkur qarorning 2018 yil 1 yanvaridan o‘z kuchini yo‘qotgani charm ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Namangandagi ayollar sumkalari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “ROSEdilcharm”, erkaklar oyoq kiyimini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Grandcharmpoyabzal”, “Amir” hamda “Panterra”, bolalar va ayollarga mo‘jjallangan 250 turdagi sumka ishlab chiqarayotgan "MB Charos”, shuningdek, “Robiya sanoat servis” korxonalarida bo‘lgan muxbir imtiyozdan mahrum bo‘lgan bu korxonalar duch kelgan muammolar haqida so‘z yuritadi:

Onlayn nashr vakillari mazkur muammo yuzasidan hukumatning mas’ul vakili hamda “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan bog‘langanida ular bu muammodan xabardor ekanlarini, albatta bu borada tadbirkorlarga imtiyoz va imkoniyatlar berilishini va tez kunda bu bo‘yicha tegishli hujjatlar imzolanishini ta’kidlashgan. Biroq masala qachon yechim topishi haqida ular aniq javob berolmaganlar.

“O‘ylaymizki, minglab ishchilarni ishsiz qoldirishi mumkin bo‘lgan mazkur muammo hukumat rahbarlari tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaydi”, deya yakunlaydi o‘z maqolasini Kun.uz muxbiri.

XS
SM
MD
LG