Линклар

Шошилинч хабар
24 январ 2021, Тошкент вақти: 15:10

Diniy idora rahbariyati iste’fosini talab qilgan imom ishdan olindi


Shermurod Tog‘ay ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining bahsli chiqishlari bilan tanilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda bahsli chiqishlari bilan jamoatchilikka yaxshi tanilgan Toshkentdagi "Do‘mbirobod" masjidining imom-xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) o‘tgan hafta boshida ishdan olingan.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi mutasaddisiga ko‘ra, Shermurod Tog‘ay aynan ijtimioy tarmoqlardagi "keskin" chiqishlari va "o‘z jamoasi orasida fitnalarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgani" uchun imomlikdan bo‘shatilgan.

Ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka gapirgan mutasaddining ilova qilishicha, Shermurod Tog‘ayni ishdan olish qarorini muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekiston Adliya vazirligi Qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Xudoyor Melievning xulosalaridan so‘ng olgan.

Bu xabarni Shermurod Tog‘ay Ozodlik bilan 10 aprelda bo‘lgan qisqa suhbatda tasdiqladi.

Uning o‘rniga Saidbakir Dovudov "Do‘mbirobod" masjidiga imom etib tayinlangan.

Shermurod Tog‘ay mart oyida O‘zbekiston Diniy idorasini fitnachi va poraxo‘rlikda ayblab chiqqan edi.

Imom Ozodlik bilan suhbatda uning bunday tanqidiy chiqishiga 2 mart juma namozida Diniy qo‘mita tomonidan "Salafiylik" diniy ekstremistik oqimi haqidagi ma’ruzani majburan o‘qish talab qilingani sabab bo‘lganini aytgandi.

Тошкентлик имом Шермурод Тоғай билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:20 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi mulozimi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda Shermurod Tog‘ay bir necha marta ogohlantirishlariga qaramay o‘zini tuta olmaganini aytdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda keskin chiqishlar qilib, o‘z jamoati o‘rtasida fitnalarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi. Diniy idora vaqtinchalik chora sifatida uni ishdan olishga majbur bo‘ldi. Muftiy hazratlari u kishi bilan yaxshi gaplashib, vaziyatni tushuntirganlar," dedi diniy idora vakili Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda.

2017 yil noyabrida Ozodlik bilan suhbatda Shermurod Tog‘ay O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan "Hizbut-tahrir" va “Islom davlati” ekstremist guruhlari g‘oyalarini yoqlovchilarga o‘lim jazosi qo‘llash chaqirig‘i bilan chiqqandi.

Shu yilning 2 mart kungi juma ma’ruzasida esa imom O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan "Salafiylik" diniy ekstremistik oqim haqidagi ma’ruzaning majburiy o‘qitilishi ortidan idora faoliyatini keskin tanqid qilgandi.

U Diniy idora rahbariyati iste’fosini talab qilgandi.

Shermurod Tog‘ay, shuningdek, prezident Mirziyoevni madh etuvchi she’rlari, xonanda Munisa Rizaevani esa "shahvat qo‘zg‘atuvchi" qo‘shiqlar kuylashda ayblagani bilan tanilgan.

XS
SM
MD
LG