Линклар

Шошилинч хабар
17 январ 2021, Тошкент вақти: 10:14

O‘zbek olimlari uch yildan keyin Nobel mukofoti oladimi?


“Qurultoy” dasturida O‘zbek olimlari uch yildan keyin Nobel mukofoti oladimi? -degan savolga javob izlandi.​

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademik Sobir Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutiga borib olimlar bilan uchrashganida “23 yil oldin ilm-fan ahvoli hozirgidan ming marta yaxshi edi”¸ deya Karimov davrida ilm - fan tanazzulga uchraganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev uchrashuv so‘ngida so‘z olib, o‘zbek olimlarining Nobel mukofoti olishi ehtimoli prezident yaratgan sharoitdan keyin yanada aniqlashganini bilddirdi:

- Yaqin uch yil ichida oxirida Nobel mukofotiga olib boradigan ilm-fanning istiqbolli yo‘nalishini aniqlab olishimiz kerak, — dedi Yo‘ldoshev.

O‘zbekistonlik jurnalist Alimardon Annaev o‘zbek olimlarining bu yaqin orada Nobel mukofoti olish haqidagi gapni “xomhayollik” deb atadi.

Ўзбек олимлари уч йилдан кейин Нобель мукофоти оладими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:57:09 0:00

Qurultoyda Britaniya va AQShda istiqomat qilayotgan olim va bloggerlar qatnashdi.

Britaniyada istiqomat qiladigan qishloq xo‘jalik fanlari doktori¸ professor¸ agroximik tuproqshunos olim Ahmadjon Xorazmiy (Ahmad Hasanov) "O‘zbekistondagi paxtachilik institutini Karimov tugatmaganida¸ shu soha bo‘yicha xalqaro e’tiborga molik olimlar yetishgan bo‘lardi," deb esladi.

U o‘z vaqtida Mozambik davlatida o‘zbek paxtachilik instititutini tamsil qilganligini gapiga ilova qildi.

AQSh da istiqomat qiluvchi bloggger Botir Hasanovning aytishicha ¸ Sovet davrida “Ilm-fan markazi” bo‘lgan Toshkent Karimov davrida bu mavqeidan ayrilgan:

"Mirziyoev 22 yilni boy berdik, deb aytdi. Bugungi fan taraqqiyoti tezlashgan davrda - bu juda uzoq muddat. Eng asosiysi biz ilm kelajagini boy berdik," dedi blogger.

Qurultoy qatnashchilariga ko‘ra¸ o‘tgan hafta qabul qilingan “Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori mavjud vaziyatni kardinal o‘zgartira olmaydi.

XS
SM
MD
LG