Линклар

Шошилинч хабар
27 январ 2021, Тошкент вақти: 16:19

Qo‘shma Shtatlar Suriyaga yana zarba berishga "shay turibdi" (VIDEO)


Qo‘shma Shtatlar Suriya hukumatini ogohlantirishicha, agar Damashq yana kimyoviy hujumlarni amalga oshirsa, Vashington takroriy zarbalarni berishga shay turibdi.

Bunday ogohlantirish Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari – Fransiya va Britaniya – 14 aprelda Suriyaga havo hujumlarini amalga oshirishi ortidan yangradi.

Mazkur hujum o‘tgan hafta Suriyaning Duma shahrida amalga oshirilgan va kimyoviy deya da’vo qilingan hujumga javob bo‘ldi.

Pentagonning bildirishicha, bombalar uchta nuqtaga - poytaxt Damashq yaqini va Homs shahri atrofidagi ikkita joyga tashlandi.

14 aprelda BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh va uning ittifoqchilari hujumlarini muhokamaga qo‘yish bo‘yicha Rossiya taqdim etgan rezolyutsiya loyihasini rad etdi.

Loyihani Rossiya doxil faqat uch davlat dastakladi. Sakkiz davlat loyihaga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, yana uch davlat ovoz berishdan tiyildi.

AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari Suriyada yetti yildan buyon davom etayotgan qonli urushda prezident Bashar Asad hukumatiga qarshi G‘arb kuchlari tomonidan berilgan eng kuchli zarbadir.

Moskva raketa zarbalarini keskin qoralab chiqishi ortidan BMT Xavfsizlik Kengashi favqulodda yig‘ini qizg‘in bahslarga sahna bo‘ldi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy elchisi Vasiliy Nebenziya Xavfsizlik Kengashining a’zolari Rossiya mavqesini qo‘llab-quvvatlamaganiga keskin e’tiroz bildirdi.

“Bundan ham yomonroq kunlarni ko‘rmaymiz, deb umid qilamiz,” dedi u.

Vasiliy Nebenzya, shuningdek, Sovet Ittifoqida nashr etilgan "Dunyoga tahdid qaerdan kelmoqda" nomli kitobni esladi va bunday tahdid AQSh, Britaniya va Fransiyadan kelayotganini qo‘shimcha qildi.

Ammo AQShning BMTdagi elchisi Nikki Heyli havo hujumlari “asoslangan, qoununiy va proportsional” bo‘lganini aytdi.

"Men bugun ertalab prezident bilan gaplashdim va u '"gar Suriya rejimi zaharli gazni yana ishlatsa, Qo‘shma Shtatlar (hujumga) shay turibdi" deb aytdi”, dedi u.

BMTdagi Suriya elchisi Bashar Ja’fariy Dumadagi hujum isyonchilar uyushtirgan “maskarad” bo‘lganini iddao qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga qarshi amaliyotga qo‘shilgani uchun Fransiya va Britaniyani olqishladi.

"O‘tgan kechasi mukammal amalga oshirilgan hujum bo‘ldi, - deb yozdi Donald Tramp o‘zining Tvitter sahifasida. - Ajoyib harbiy kuchni ko‘rsatgani va aqli rasolik qilgani uchun Fransiya va Birlashgan Qirollikka tashakkur. Bundan yaxshiroq bo‘lishi mumkinmas. Missiya bajarildi".

15 aprelda Bi-bi-siga gapirgan Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson hujumlar "vahshiylarcha" ishlatilgan kimyoviy qarshi qaratilganini aytdi.

Sharqiy G‘uta to‘laligicha Suriya armiyasi nazoratiga o‘tdi

Ayni paytda Suriya Armiyasi 14 aprelda Duma shahri joylashgan G‘uta mintaqasi so‘nggi isyonchilardan tozalangani va to‘laligicha hukumat nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Sharqiy G‘uta bir necha yildan buyon turli isyonchi guruhlar nazorati ostida qolib kelayotgandi.

Suriya Mudofaa vazirligi tarqatgan xabarni Rossiya harbiylari ham tasdiqladi.

"Jaysh al-Islom" qurolli guruhining jangchilari va ularning oila a’zolari Duma shahrini tark etdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 20 mingga yaqin odam Suriya shimolidagi turk harbiylari nazorat qilayotgan hududga avtobuslarda chiqib ketgan.

XS
SM
MD
LG