Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2021, Тошкент вақти: 21:17

Yerevanda eks-prezidentning bosh vazir bo‘lishiga 4 kundan buyon norozilik bildirilmoqda


Yerevan. Namoyishchilar bilan politsiya xodimlari o‘rtasidagi "bahs". 2018, 16 aprel

Yerevanda muxolifat tarafdorlari sobiq prezident Serj Sargsyanning Armaniston Bosh vaziri lavozimiga saylanishiga qarshilik bildirib, bugun ham norozilik namoyishiga chiqdi. Norozilik aksiyalari 4 kundan buyon davom etmoqda.

Namoyishchilar sobiq prezidentni hokimiyatni bosib olishda ayblamoqda. Shunga qaramay, 16 aprel kuni Armaniston Respublikachilar partiyasi va Armaniston inqilobiy federatsiyasi Sargsyanning nomzodini Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatdi.

Арманистонда мухолифат собиқ президентнинг бош вазир бўлишига қарши кўчага чиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:10 0:00

Sargsyanning nomzodi 17 aprelda parlamentda ovozga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Aksiya uyushtiruvchisi, “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi lideri Nikol Pashinyan o‘z tarafdorlari bilan Yerevan markazidagi bir necha ko‘chani to‘sib qo‘ydi. Namoyishchilarga talabalar ham qo‘shildi. Metro harakati 10 minutga to‘xtab qoldi, bir necha ko‘prik to‘sib qo‘yildi.

Armaniston politsiyasi namoyishchilarning harakatlarini g‘ayriqonuniy, deb e’lon qildi.

Armaniston parlamenti 2015 yili o‘tkazilgan konstitutsiyaviy islohot ortidan ilk bor mart oyida prezidentni sayladi.

Armaniston parlament respublikasiga aylanmoqda. Parlamentdagi yetakchi Respublika partiyasi Bosh vazir lavozimiga Armanistonning 2008-2018 yillarda prezidenti Serj Sargsyanning nomzodini ko‘rsatgan.

XS
SM
MD
LG